Buxoro yangiliklari

Buxoroda qaysi mamlakatlardan ko‘p sayyoh tashrif buyurmoqda?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Ayni kunda viloyatimizda havo harorati ancha salqin bo‘lishiga qaramasdan sharif shahar sayyohlar bilan gavjum. Xususan, Buxoro viloyati Turizm boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Eron, Italiya, Rossiya, Fransiya, Gretsiya, Azarbayjon, Gruziya, BAA kabi davlatlardan kelgan ko’plab mehmonlarni uchratish mumkin.

Chet ellik yoshu qari sayyohlarimiz marshrutidan asosan, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansambli, Nodir Devonbegi, Sitorai Mohi Xossa saroyi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hamda boshqa tarixiy qadamjolar, shuningdek, hunarmandchilik markazlari joy olmoqda.

“— O‘zbekiston deganda ko‘z oldimda birinchi navbatda Buxoro gavdalanadi. Oilam bilan yurtingizga kelganimizga 5 kundan oshdi. Bu vaqt oralig‘ida Samarqand, Xiva va Buxoro shaharlarining diqqatga sazovor maskanlarida bo‘ldik. Buxoro — men yoqtirgan eng go‘zal shaharlardan biri” — italiyalik sayyoh.

Sharif shaharda buyuk allomalar qoldirgan meros, tarixiy obida va muqaddas qadamjolar qadimiyligi va maftunkorligi bilan ko‘p sonli xorijiy sayyoglarni o‘ziga jalb qilib turishi esa ajablanarli emas, albatta.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.