Buxoro yangiliklari

Qorako‘lda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi o‘tkazildi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Yangi yil shodiyonasi yaqin. Bayram munosabati bilan viloyatimizning barcha hududlarida, jumladan, Qorakoʻl tumanida ham arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.
Ushbu savdo yarmarkalarida kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari aholiga maqbul narxlarda sotuvga qoʻyilgan.

Ayni kunda chekka tumanda “Qorakoʻl dehqon bozori” MChJ tomonidan aholi turmush farovonligi, dasturxoni toʻkinligini taʼminlash, bayramni yuqori kayfiyatda nishonlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoit hozirlanmoqda. Xususan, tumanning barcha 50 ta mahalla fuqarolar yigʻinida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Bu borada birgina “Qorakoʻl dehqon bozori” MCHJ ni olsak, mavsum boshidan buyon jami 2 145 tonna mahsulot zahira qilingan boʻlib, shundan 650 tonna kartoshka, 535 tonna piyoz, 210 tonna paxta va oʻsimlik yogʻi hamda 750 tonna guruch mahsuloti jamgʻarilgan.

Qayd etish joizki, arzonlashtirilgan yarmarkalarda qadoqlangan paxta yogʻi 14 000 soʻm, oʻsimlik yogʻi 16 000 soʻm, kartoshka 4 000 soʻm, tuxum 1 000 soʻm, piyoz va sabzi 2 000 soʻmdan sotilmoqda. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilayotgan bunday arzonlashtirilgan yarmarkalarda dehqon, fermer xoʻjaliklari, dala maydonlarida yetishtirilgan sifatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda xaridorlarga taqdim etilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.