Buxoro yangiliklari
Amir Temur jangovar bayrog‘i Buxoroda tantanali kutib olindi
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar oliy Bosh Qoʻmondoni tashabbusi bilan armiya tizimida taʼsis etilgan Amir Temur jangovar bayrogʻi mukofotining bu galgi tanlov gʻolibi Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrugi deya eʼtirof etilgan edi.
Bugun bayroq Buxoroga olib kelindi. Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida viloyat hokimligi, okrug qoʻmondonligi, barcha kuch tuzilmalari xodimlari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda yoshlar ishtirokida Sohibqiron bayrogʻini tantanali kutib olish marosimi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Tadbirda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Farhodjon Shermatov “Amir Temur jangovor bayrogʻi” ning mazmun-mohiyati haqida toʻxtalib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan jangovor bayroq bilan berilgan diplomni oʻqib eshittirdi.
Shundan soʻng viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirok etib, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligi va barcha buxoroliklarni “Amir Temur jangovar bayrogʻi” qoʻlga kiritilganligi bilan tabrikladi va bu barcha uchun gʻurur, iftixor ekanligini taʼkidladi.
Eʼtirof etilganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan taʼsis etilgan “Amir Temur jangovar bayrogʻi” uchun musobaqalar oʻtkazilishi chin maʼnoda sadoqat va mahorat bellashuvi boʻlmoqda.
Har ikki yilda oʻtkaziladigan ushbu musobaqalarda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, “Amir Temur jangovar bayrogʻi”ga sazovor boʻlganligi bugun barchamizning qalbimizni quvonchga toʻldirmoqda.
— “Amir Temur jangovar bayrogʻi” ning bugun Buxoroga keltirilishida chuqur ramziy maʼno ham bor. Buxoroi sharif azal-azaldan buyuk siymolar, ilm-fan namoyandalari, yetuk ulamolarni yetishtirgan zamindir. Buyuk Sohibqironning onalari Teginabegim Moh ham Buxoroi sharif farzandidir. Qolaversa, Amir Temur bobomiz barpo etgan buyuk saltanatning rivojlanishi, taraqqiy etishida ushbu koʻhna shaharning oʻrni beqiyosdir. “Amir Temur jangovar bayrogʻi”ning Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugiga berilishi barcha buxoroliklar qalbida faxr-iftixor, cheksiz gʻurur uygʻotdi. Jangovar bayroqda Sohibqiron bobomizning “Davlat lashkaru fuqarolarning sadoqati va fidoyiligi ila qudratlidir” degan tuzugi yozilganligi, “Temur tuzuklari” asrlar osha avlodlar uchun Vatanga sadoqat, adolat, mardlik va jasurlik namunasi boʻlib kelayotganligining dalilidir, – dedi viloyat rahbari oʻz tabrigida.
Tantanada jamoatchilik va yoshlar vakillari ham soʻz chiqishdi.
Tadbirda teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan Amir Temur hayotidan parcha namoyishi barchani bir muddat tarixga yetakladi.
Shundan soʻng harbiy orkestr sadolari ostida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi, Amir Temur jangovar bayrogʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi bayroqlari sport majmuasi boʻylab olib oʻtildi.
Tadbir harbiylashtirilgan koʻrgazmali chiqishlar, viloyatimiz sanʼat ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi