Buxoro yangiliklari

Endilikda Buxoro va Trabzon qardosh shaharlar hisoblanadi

photo 01
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun Turkiya Respublikasining Trabzon viloyati hokimi Ahmet Metin Gench boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Buxoroga keldi.

Tashrif doirasida ikki hudud rahbarlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. 

Uchrashuvda ikki mamlakat rahbarlarining doʻstona munosabatlari va siyosiy irodalari davlatlarimiz oʻrtasida barcha sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani hamda oʻzaro hamkorlikning jadallashishiga omil boʻlgani alohida qayd etildi.

Buxoro viloyati hamda Trabzon oʻrtasida hamkorlikni yanada kengaytirish uchun hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud ekani taʼkidlanib, bu borada amaliy natijadorlikka erishish boʻyicha aniq rejalar belgilab olindi.

Muzokara davomida ikki hudud oʻrtasida savdo, iqtisodiy, investitsion, taʼlim, logistika, turizm yoʻnalishlarida hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish boʻyicha kelishib olindi.

Buxoroning investitsion salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari taqdimoti oʻtkazildi. 

photo 02

Uchrashuv yakuni bilan ikki hudud oʻrtasida Qardoshlik memorandumi imzolandi.

Tashrif dasturiga koʻra, delegatsiya Buxoroda turkiyalik investorlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishishadi, Buxoroning tarixiy qadamjo va ziyoratgohlarida sayohatda boʻlishadi. 

Ma’lumot o’rnida, Trabzon 2 000 yillik tarixi va son-sanoqsiz madaniy boyliklari bilan Turkiyaning eng mashhur shaharlaridan biridir. Qadimgi Ipak yo‘lida joylashgan mazkur shahar, shuningdek, Sharqiy Qora dengiz mintaqasida joylashgan sayyohlarning asosiy sevimli maskani hisoblanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.