Buxoro yangiliklari
Harbiylar Arq qo‘rg‘oni maydonida qasamyod qilishdi
“Vatanga Qasamyod” yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishdek muqaddas burchni ado etishga bel bogʻlagan har bir yurtimiz mard oʻgʻlonlarining tantanali vaʼdasi, shuningdek, Vatan himoyasi yoʻlidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani oʻzida mujassam etgan huquqiy hujjat boʻlib, Qurolli Kuchlar safiga kirgan yosh harbiy xizmatchining hayotidagi unutilmas kun va tantanali vaʼdasi hisoblanadi.
Shu kunlarda Respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya harbiy qism va muassasalariga 2025-yilda yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni “Vatanga qasamyod” qabul qilish marosimlariga bagʻishlangan tantanali tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Xususan, Ark qoʻrgʻoni oldida boʻlib oʻtgan tadbirda yosh askarlar qasamyodda bitilgan muqaddas soʻzlarni tilga olib, Oʻzbekiston xalqiga va Prezidentiga sadoqatli boʻlishga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini soʻzsiz va vijdonan bajarishga, xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali ravishda vaʼda berdilar. Tadbirda har bir yosh muddatli harbiy xizmatchilarga Prezident sovgʻasi, kitoblar jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Botir Zaripov, hamkor tashkilotlar mutasaddi rahbarlari, jamoatchilik vakillari, otan-onalar ishtirok etishdi.
Viloyat hokimi Vatanga qasamyod qabul qilgan barcha yosh askarlarni hamda ularning tadbirda ishtirok etayotgan yaqinlarini samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, Milliy gvardiya boʻlinmalarida muddatli harbiy xizmat oʻtash uchun kirishayotgan yosh oʻgʻlonlar bir yil qisqa vaqt boʻlsa-da, har bir daqiqadan unumli foydalangan holda komandirlar tomonidan beriladigan harbiy bilim va koʻnikmalarni mustahkam egallab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni tomonidan Milliy gvardiyaga bildirilgan ishonch va uning oldiga qoʻyilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, “Burch, Sadoqat, Jasorat” shioriga munosib xizmat qilishlariga ishonch bildirildi.
Eʼtiborlisi shundaki, bir oy davomida harbiy xizmatga koʻnikma hosil qila olgan yosh askarlarning koʻrgazmali chiqishlari barchani birdek hayratda qoldirdi. Oʻz farzandlarining yigitlik burchini ado etishga kirishganini koʻrgan ota-onalar faxr tuygʻularini toʻlqinlanib gapirib berishdi.

Marosimda harbiy orkestor ijrosidagi musiqali va saf chiqishlari, harbiy xizmatchi va oʻquvchi yoshlarning qoʻl jangi usullari namoyish etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


