Özbekiston

9-may — Xotira va qadrlash kuni

photo 01
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

9-may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida ham xotira va ehtirom tadbirlari tantanali ravishda o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan viloyat hokimi boshchiligida boshchiligida viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va mas’ullari, mehnat faxriylari, tibbiyot, oliy, o‘rta maxsus, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar Buxoro shahrida joylashgan Xotira maydoniga yig‘ildi.

Yig‘ilganlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Ularning xotirasi yana bir bor ehtirom bilan yodga olindi. Hozir bo‘lganlar tinchlik va osoyishtalik, erkin hayot uchun o‘z hayotini qurbon qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasi uchun sukut saqlab, yurakdan chiqqan minnatdorlik tuyg‘usini izhor etdilar.

9-may – Xotira va qadrlash kuni tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida, qishloq va mahallarida, tashkilot, idora va muassasalarida keng nishonlanmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.