Buxoro yangiliklari
Buxoroda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 16-may kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda viloyatda jinoyatchilik holati va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi, mavjud muammolar va ularning asosiy sabablari batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish, profilaktika choralarini kuchaytirish, hududdagi xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli chora-tadbirlar belgilandi.
Taʼkidlanganidek, 2025-yilning birinchi choragida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 19,5 foizga kamaygan.
Biroq bunday jinoyatlar soni har 100 ming aholiga viloyatda 13 ta bo‘lgan bo‘lsa, Buxoro shahrida bu ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lgan – 32 ta, Kogon tumanida – 22 ta, Kogon shahrida – 18 ta, Qorovulbozorda – 20 ta, G‘ijduvonda –15 ta.
Oldini olish mumkin bo‘lgan 272 ta jinoyatning har uchtadan bittasi o‘g‘rilik, har oltinchisi firibgarlik, har sakkizinchisi tan jarohati yetkazish jinoyatlari tashkil etgan.

Jinoyatchilikning oshishiga aholi o‘rtasida asosan shaxsiy agressiya, ijtimoiy muammolar hamda ruhiy bosimlarning kuchayishi kabi omillar sabab bo‘lgani taʼkidlandi.
Shuningdek, majlisda mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish tizimi va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jinoyatchilik profilaktikasini tizimli tashkil etish zarurati qatʼiy taʼkidlandi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, kiberxavfsizlikni kuchaytirish, yoshlar va ijtimoiyu himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘mak berish bo‘yicha amaliy choralarni tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Muhokama davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning samarasi pastligi va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlar yetarli darajada emasligi ham aytib o‘tildi. Viloyatda Jamoat sog‘liqni saqlash axborot tizimi (DMED)ni to‘liq joriy etish uchun mutasaddilarning masʼuliyatini oshirish zarurati qayd etildi.
Majlis yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiq va oshkora tanlov asosida kadrlarni tanlash, tibbiyot xodimlari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda aholining axborot tizimlaridan samarali foydalanishini taʼminlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Buxoro viloyatida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni doimiy nazorat qilish, samarali profilaktika tizimini yaratish va aholining huquqiy ongini yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Majlis yakunida o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan maktabgacha va maktab, sog‘liqni saqlash, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, madaniyat, pensiya, obodonlashtirish, kadastr, bank sohalaridagi rahbarlarga, ayrim hokim o‘rinbosarlariga lavozimdan ozod qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


