Buxoro yangiliklari
“Ipak va ziravorlar” festivaliga marhamat!
Bugun erta tongdan Buxoroda an’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali boshlandi.
Tadbirda XX an’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali doirasida Ark qo‘rg‘onidan Labi hovuz majmuasigacha qatnashchilarning “Mo‘jizalar karvoni” tantanali yurishlari tashkil etildi. Labi hovuz majmuasida festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Buxoro shahrining eski shahar qismi bo‘ylab respublikamizdagi folklor jamoalarning chiqishlari, ipak va milliy hunarmandchilik mahsulotlari hamda ziravorlar savdosi ko‘rgazmasi, zardo‘zlik, temirchilik, ipak gilamlari, kashtado‘zlik, kandakorlik, badiiy va miniatyura san’ati mahorat darslari tashkil etildi.
6—8-iyun kunlari festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, “Palov sayli” milliy taomlar tanlovi, mahalliy va xorijiy dizaynerlar ishtirokida “Silk & Spices Fashion days” maxsus modalar namoyishi, tasviriy va amaliy san’at milliy galereyasi va suratkashlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, milliy va sport o‘yinlari namoyishi, gala-konsert kabi tadbirlar ham reajalashtirilgan.
Tadbirlarni yoritib borish uchun esa matbuot shtabi tashkil etilib, unda xorijiy va mahalliy OAV faoliyat olib bormoqda.
Xalqaro “Ipak va ziravorlar” xorijiy va mahalliy jurnalist va blogerlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


