Buxoro yangiliklari

Afg‘onistonlik amaldorlar delegatsiyasi Buxoroga tashrif buyurdi

photo 01
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Shu kunlarda Afgʻoniston Islom Respublikasining Davlat korporatsiyasi bosh direktori Axmadjon Bilol boshchiligidagi delegatsiya Buxoro viloyatida boʻlib turibdi. Xorijiy mehmonlar viloyatimiz xalq xoʻjaligi turli tarmoqlari, jumladan, qadimiy va hamisha navqiron shaharning turizm salohiyati, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyoti va yengil sanoat tarmoqlarida oʻzaro teng manfaatli hamkorlik qilish istagini bildirishgan.

Taʼkidlash joizki, ushbu tashrif Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning amaliy ifodasi boʻlib, ikki tomonlama munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.   

Shu nuqtayi nazardan, Afgʻoniston Davlat korporatsiyasi bosh direktori Ahmadjon Bilol boshchiligidagi qoʻshni davlat delegatsiyasini Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosarlari Botir Shahriyorov va Aziz Qalandarovlar qabul qildilar. 

Muzokarada Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari Dilshod Rasulov ham ishtirok etdi.  

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish borasida muayyan yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, Buxoro va  Qobul shaharlari oʻrtasida ishbilarmonlik aloqalari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Umuman, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi, qoʻshma korxonalar soni ortmoqda. Ikki mamlakat kompaniyalari ishtirokida biznes tashriflari va koʻrgazmalar muntazam oʻtkazilmoqda. Joriy yilning may oyida Kobul va Mozori Sharif shaharlarida savdo uylari ochilgani oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatdir.   

Samimiy muloqot tarzida oʻtgan muzokarada afgʻon ishbilarmon doiralari vakillari Buxoroga taklif qilinib, ularga hududdagi investitsiyaviy muhit, biznes vakillariga yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Jumladan, yengil sanoat bilan birga agrokompleks, qishloq xoʻjaligida mahsulot yetishtirishda ilgʻor tajribalarni oʻrganish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini kengaytirish xususida fikrlashildi. Bu esa oʻz navbatida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorijiy delegatsiya vakillarining viloyat mutasaddilari bilan samimiy kechgan muzokaralaridan soʻng mehmonlar Botir Shahriyorov hamda Azizbek Qalandarov hamrohligida Buxoro shahridagi qator ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan, masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Buxoro agroklaster”ning “Lattico”, “Buxara Azteks” korxonalarida boʻldilar.  

Mehmonlar ishlab chiqarish inshootlarida boʻlishib, texnologik jarayoni bilan yaqindan tanishib, tegishli biznes loyihalarini muhokama qildilar. Xuddi shunday, afgʻonistonlik delegatsiya aʼzolari Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylari, eski shaharning “Labi hovuz” ansambli, Ark qoʻrgʻoni va boshqa meʼmoriy yodgorliklarini borib koʻrdilar.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.