Buxoro yangiliklari

Buxoroda 27-iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni keng nishonlandi

photo 01
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro shahridagi “Zarafshon hall” tantanalar majmuasida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, matbuot xizmatlari, blogerlar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tantanali tadbirni viloyat hokimi Botir Zaripov ochib berdi va barchani kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

photo 02

Prezidentimizning sohaga alohida eʼtiborlari natijasida yurtimizda soʻz erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga erishish yoʻlida keng imkoniyatlar ochilayotganiga, Matbuot va ommaviy axborot vositalarining jamiyatimizda nufuzi kuchayib borayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunga kelib 2 ta televideniye, 2 ta radio, 30 ga yaqin gazeta va jurnal, 9 ta internet nashri, 82 ta matbaa korxonasi hamda 18 ta nashriyotni oʻzida jamlagan Buxoro matbuoti, jurnalistikaning boy tajribalari hamda zamonaviy tendensiyalarini birlashtirgan kuchli media maydoniga aylangani qayd etildi.

— Viloyatimizdagi mavjud keng va qulay imkoniyatlarni, davlat va jamoatchilik tashabbuslarini yanada kengroq miqyos va auditoriyada faol targʻib etilishida respublika telekanallari va nashrlari oʻz muxbirlari, ijtimoiy tarmoq faollari benazir hissa qoʻshib kelishmoqda. Bularning barchasi, hech shubhasiz, sogʻlom raqobat muhitini yaratish, fikrlar xilma-xilligiga erishish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun mustahkam zamin boʻlmoqda. Shu bilan birga davlat idoralari va mahalliy hokimliklar tarkibida axborot xizmatlari yoʻlga qoʻyilgani xalq bilan muloqotni kuchaytirishga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda, – dedi Botir Zaripov.

Albatta, soha xodimlaridan koʻpchiligi jurnalistikada tutgan oʻrni, kasbiy va insonparvarlik faoliyati hamda maʼnaviy-maʼrifiy xizmati munosib ehtiromga loyiq. Tadbirda ana shunday faxriy jurnalistlarning matbuot sohasidagi koʻp yillik samarali mehnatlari eʼtirof etildi. Bu yil yubiley sanalari nishonlanayotgan ustoz-jurnalistlarga alohida ehtirom koʻrsatildi.

photo 04

“Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari tahririyati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 75 mln soʻmlik sertifikat taqdim etildi. “Istiqlol” teleradiokompaniyasi taʼsischisi Baxshullo Bozorovga “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni topshirildi. 

photo 05

Shuningdek, Buxoro viloyatini ijtimoiy-maʼnaviy yuksaltirish ishiga qoʻshib kelayotgan munosib hissasi, viloyat ijtimoiy hayotidagi faolligi uchun hamda 27 – iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh matbuot, televideniye, matbaa sohasi vakillari, matbuot xizmatlari va internet nashrlari faollari viloyat hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Qolaversa, soha xodimlaridan yana bir guruhiga viloyat prokuraturasi tomonidan ham eʼtibor koʻrsatildi. 

photo 03

Sanʼatkorlar ishtirokidagi chiqishlar, kuy-qoʻshiq va raqslar tadbir qatnashchilariga yanada koʻtarinkilik ulashdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.