Buxoro yangiliklari

Buxorodagi harbiylar uchun tantanali tadbir o‘tkazildi

photo 01
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Buxoro viloyatida joylashgan harbiy qism tashkil etilganining 84 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari Hafiza Artikova, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat hududiy bo‘linmasi a’zolari,  shoir-yozuvchilar, ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari, faxriylar va harbiy xizmatchilarning yaqinlari ishtirok etishdi.

So‘z olganlar jamoani ushbu shodiyona bilan qutlab, mazkur harbiy qism tashkil topgan ilk kunlardan to bugungi kungacha bosib o‘tgan sharafli yo‘li, unda muqaddas burchini ado etganlarning jasorati va yutuqlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi, mas’uliyatli va sharafli yumushga bel bog‘lagan yigitlarga muvaffaqiyat tilashdi.

Qutlug‘ sana munosabati bilan bir guruh ofiserlarga navbatdagi harbiy unvonlar, xizmat burchini namunali o‘tayotgan askarlarga, ularning yaqinlariga sovg‘alar topshirildi.

photo 02

Harbiy qismga qarashli orkestr hamda askarlarning chiqishlari Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini o‘zida mujassam etdi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zolarining yig‘ilishi ham o‘tkazilib, mazkur harbiy qism bilan bog‘liq ishlar samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.