Buxoro yangiliklari
Buxoroda “Qovun sayli” o‘tkazildi
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 18—19-iyul kunlari Buxoroda anʼanaviy “Qovun sayli” oʻtkazildi. 28-bor tashkillashtirilgan anʼanaviy sayil mirishkor dehqonlar, polizkor fermerlar, tomorqa yer egalarining haqiqiy mahorat namoyishiga aylandi.
1996-yildan buyon katta uyushqoqlik bilan tashkil etib kelinayotgan “Qovun sayli”da “Koʻkcha”, “Amiri”, “Novvoti”, “Boʻrikalla”, “Kampirchopon”, “Dahbedi”, “Sherozi”, “Toshloqi”, “Gulobi”, “Barginay” kabi oʻttizga yaqin bir-biridan xushxoʻr nav taqdim etildi.
Bu yilgi sayilda viloyatning barcha tumanidan kelgan 600ga yaqin fermer xoʻjaligi tomonidan tanti dehqonlarimiz mehnati mahsuli —qariyib 10 ming tonna qovun-tarvuz shaharliklar dasturxoniga tortiq qilindi. Bundan tashqari, turli meva-sabzavotlar, asalchilik mahsulotlari koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Buxoro shahrining diqqatga sazovor markazi Ark qoʻrgʻonida boʻlib oʻtgan ikki kunlik “Qovun sayli” nafaqat shaharliklar va mehmonlarni, balki chet eldan kelgan sayyohlarni ham befarq qoldirmadi.
Bu yilgi “Qovun sayli” ham chinakam bayram tusini oldi. Unda qatnashgan har bir tuman uchun alohida maydon, joy hozirlanib, oʻsha hudud folklor-etnografik ansambllari diltortar kuy-qoʻshiqlari, konsert repertuari bilan yigʻilganlar koʻnglini xushladi.
Festivalning yopilish marosimida katta gala-konsert sayil qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


