Buxoro yangiliklari

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov post faoliyatini ko‘zdan kechirdi

photo 01
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bojxona qoʻmitasi raisi Buxoroda boʻlib, “Olot” chegara bojxona posti faoliyatini koʻzdan kechirdi hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalarida tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar oʻtkazdi

Viloyat markazidan 100 km masofada joylashgan xalqaro toifadagi “Olot” chegara bojxona posti mamlakatning tashqi savdo va logistika tizimida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham Buxoroga safarning ilk manzili mazkur post boʻldi.

Tuman hokimi Nargiza Neʼmatova bilan birgalikda postda bojxona tartibotlarining amalga oshirilishi ketma-ketligida jarayonlar koʻzdan kechirildi.

Oʻzbekistonning “Olot“ va Turkmanistonning “Farab” chegara bojxona postlari oraligʻida 1,2 km masofada betaraf hudud mavjud boʻlib, minglab yoʻlovchilar, xususan yosh bolali ayollar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar ushbu masofani piyoda bosib oʻtishadi va bu ular uchun noqulayliklar tugʻdirar edi.

Bojxona qoʻmitasi Raisining tashabbusi bilan “Bojxona servis” davlat muassasasi tomonidan ushbu koridor boʻylab, yoʻlovchilarni tashish xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Natijada 20-25 daqiqa davomida piyoda ravishda bosib oʻtilgan yoʻlni endi 2-3 daqiqada bosib oʻtish imkoni yuzaga keldi. Post orqali yil boshidan buyon 400 ming nafarga yaqin jismoniy shaxslar harakatlanganini inobatga olsak, demak tejalayotgan vaqt hisobini oʻzingiz tasavur qilishingiz mumkin.

Postning Oʻzbekistonga kirish qismida yoʻlovchilar uchun ayvon va oʻrindiqlar hozirlangan. Ammo, viloyatning murakkab iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, bu yetarli emasligi taʼkidlandi.

Shu boisdan qoʻmita Raisi postga kirishda joylashgan yordamchi binolardan yanada maqsadli foydalangan holda ularning negizida qishda issiq va yozda salqin zamonaviy kutish zallarini bunyod etish taklifini ilgari surdi.

Taʼkidlash joizki, mazkur post 7 gektar maydonni qamrab olgan. Shu boisdan postga kirgan yoʻlovchilar toki chiqquniga qadar 500 metr masofani ochiq osmon ostidagi piyodalar yoʻlagi boʻylab bosib oʻtishadi. Bu esa jazirama va yogʻin-sochinli kunlarda yoʻlovchilarga noqulaylik tugʻdirib kelayotgan edi. Shu boisdan masʼullarga ushbu yoʻlaklarni soyabon tom bilan yopish boʻyicha topshiriq berildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.