Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda gastronomik festival o‘tkazildi

photo

Loading

G‘ijduvon tumanidagi “Qo‘rg‘on‘” turizm mahallasiga qarashli “Yoshlar bog‘i” alleyasida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etish maqsadida “G‘ijduvon kulolchiligi va pazandalari” gastronomik festival tashkil etildi.

Mazkur festival viloyatimiz mehmonlari, xorijiy sayyohlar hamda mahalliy aholi uchun Buxoroning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchiligi va pazandachilik san’ati namoyish etildi.

Festival doirasida kulolsozlar, kashtado‘zlar va boshqa hunarmandlarning mahorat darslari, yosh suratkashlarning ko‘rgazmalari va ayniqsa, milliy folklor jamoalarning sahna chiqishlari festival ishtirokchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Eng quvonarlisi, mahoratli pazandalarimiz tomonidan 54 metrlik ulkan shashlik tayyorlanib, festival mehmonlariga ulashildi.

Tadbir davomida G‘ijduvonning mashhur kulolchilik maktabi va milliy taomlari mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Festival Buxoroning sayyohlik salohiyatini yana bir bor namoyon etilib, mahalliy va xorijiy mehmonlarda ulkan taassurot qoldirdi.

photo2
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.