Özbekiston

“O‘zbekneftgaz” AJ bugundan boshlab Ai-80 benzin sotishni to‘xtatdi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Avval xabar berilganidek, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan bosqichma-bosqich yuqori oktanli (Ai-92) avtobenzin ishlab chiqarishga o‘tish va sentabr oyidan boshlab birja savdolariga faqat yuqori oktanli avtobenzin joylashtirilishi rejalashtirilgan edi. Shu bois, “O‘zbekneftgaz” AJ 2025 yil 2 sentyabrdan boshlab, Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to‘xtatdi.

O‘z navbatida Ai-92 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga chiqarish hajmlari oshirildi. Shu vaqtga qadar 1000 tonna Ai-92 benzini savdolarga qo‘yilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 1720 tonnani tashkil etmoqda. Ichki bozor talabidan kelib chiqib, bu hajmlarni oshirish imkoniyati mavjud.

Joriy avgust oyida tadbirkor iste’molchilar tomonidan xarid qilingan Ai-80 rusumidagi avtobenzin hajmlari majburiyat va mavjud qoldiqlar doirasida sentabr oyida ham o‘z egalariga yetkazib berilishi ma’lum qilinadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.