Buxoro yangiliklari

Buxoroda ishchilar kanalizatsiya quvuriga oqib, halok bo‘ldi — IIB

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Dastlab mahalliy Telegram-kanallardan birida Buxoro shahrida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududidagi kanalizatsiya qudug‘ida bir necha kishi tushib, bedarak yo‘qolganligi va halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar elon qilindi.

Shundan so‘ng Buxoro viloyati IIB ushbu ma’lumotga oydinlik kiritdi.

Joriy yilning 4-sentabr kuni soat 12:02 da Buxoro viloyati FVV tomonidan, Buxoro viloyati IIB “102” qisqa raqamiga, Buxoro tumani “Bog‘idasht” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Markaziy kanalizatsiya quvuriga, Buxoro shahar 7-mikrorayonda qurilayotggan yangi ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini ushbu markaziy quvurga ulayotgan 5 nafar ishchilari ehtiyotsizligi oqibatida quvurga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar berilgan.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida, joriy yilning 4-sentabr soat 12:00 larda “Fayz binokor Oltiariq” MChJ ning jami 5 nafar ishchilari tomonidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hududdan o‘tgan kanalizatsiyani ta’mirlash jarayonini amalga oshirayotgan bo‘lgan. U yerda kran haydovchisi (80 411 JBA) tomonidan hajmi 1 000 diametr, chuqurligi 8 metr bo‘lgan “Buxoro suvoqava” MChJ ga qarashli kanalizatsiya qopqog‘ini ruxsatsiz ochgan.

photo2

Ular mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan holda yangi qazilgan kanalizatsiyani “Buxoro suvoqava” MChJ ga qarashli kanalizatsiyaga birlashtirish (ulash) uchun ichki tomondan tuynuk ochish moqchi bo‘lishgan. Ammo 5 nafar ishchilar kuchli oqim tufayli ushbu kanalizatsiyaga tushib ketib, oqib ketishgan.

Olib borilgan qutqaruv-qidiruv ishlari davomida Buxoro tumani “Zarmanoq” MFY hududidan o‘tuvchi oqova suvlarni uzatgich punktidagi quvurlar ichidan 3 nafar fuqarolarning jasadlari topilgan.

Ayni damda qolgan 2 nafar fuqaroni topish choralari ko‘rilmoqda.

photo3

Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kokeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Buxoroda 5 ishchining halok bo‘lgani yuzasidan parlament deputati Shokirjon Ahmedov ham munosabat bildirdi:

Ayanchli, fojiali voqea mamlakatimizda tobora dolzarb bo‘lib borayotgan bir masalani yana kun tartibiga chiqardi. Bu – qurilishlarda ishlayotgan ishchilarning huquqlari, mehnati muhofazasi haqidagi masala.

Bugun yurtimizda ko‘plab qurilishlar bo‘lyapti, bu yaxshi. Lekin ming-minglab yigitlar xususiy qurilish kompaniyalarida norasmiy ishlab yuribdi, huquqsiz, himoyasiz ishlab yuribdi.

Bu masala bir necha marta hukumat darajasida ko‘tarilgan, ularning mehnatini rasmiylashtirish, huquqlarini himoya qilish vazifalari belgilangan. Ammo ijro, nazorat sust.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining eng prinsipial funksiyalaridan biri mehnat huquqini ta’minlash, mehnatni, ya’ni, ishlayotgan insonni muhofaza qilish hisoblanadi. Afsuski, ular hozir dolzarb bo‘lgan ushbu masala bilan astoydil shug‘ullanayotganini ko‘rmayapmiz. Insonni himoya qilish masalasida bu vazirlik o‘zining borligini ko‘rsatishi uchun yana qancha vaqt kerak?

Birinchi masala daromadga muhtoj fuqarolarni norasmiy ishlatayotgan, huquqlarini hisobga olmayotgan, qonunlarga rioya etmayotgan tadbirkorlar, tashkilotlarga nima uchun ta’sirchan chora ko‘rilmayapti?

Kecha Buxoroda halok bo‘lgan 5 yurtdoshimizni farzandlari endi ishlab oilasiga yordam bera olmaydi. Bolalari qarovsiz, himoyasiz qoladimi? Ularning ishlayotgani rasmiylashtirilganmidi? Rasmiy bo‘lsa, vafot etganlarning oilasiga kompensatsiya to‘lanadimi? Ular kimningdir farzandi, otasi, akasi, yagona umidi bo‘lgandir!

Mutasaddi idoralar bu masalalarga jiddiy qarab, vafot etganlarni, ularning oilasini va albatta, yurtimizda norasmiy ishlayotgan ming-minglab yurtdoshlarimiz huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rishi zarur.

Shuningdek u Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi deputatlari norasmiy ishlashga majbur bo‘layotgan, faqat qurilishda emas, barcha sohalarda himoyaga muhtoj bo‘lib turgan insonlarning huquqlarini muhofaza qilish zarur, deb hisoblashini aytdi hamda bu masala parlament muhokamasiga kiritilishini ma’lum qildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.