Buxoro yangiliklari

Buxoro ta’lim sohasida Iordaniya bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Iordaniyaning Queen Rania Teacher Academy o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Avval xabar berganimizdek, hozirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Buxoro davlat pedagogika instituti, Pedagogik mahorat markazi vakillari hamda viloyatimizning ilg‘or o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Iordaniya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Safar davomida pedagoglarimiz ta’lim jarayonlariga STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvini joriy etish, o‘quv jarayonida zamonaviy innovatsion metodlarni qo‘llash bo‘yicha treninglarda ishtirok etish bilan bir qatorda, Iordaniyaning yetakchi ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Kuni kecha viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan Hoshimiylar Qirolligida joylashgan Queen Rania Teacher Academy o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida:

– viloyatdagi umumta’lim maktablarining aniq, tabiiy fanlar, boshlang‘ich ta’lim va xorijiy tillar o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilib, bepul onlayn o‘quvlar tashkil etiladi. Ushbu mashg‘ulotlarni Queen Rania Teacher Academy mutaxassislari olib boradi;

– xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir doirasida ikki davlat pedagoglari tomonidan tayyorlangan eng yaxshi maqola, ma’ruza va taqdimotlar to‘plami kitob holida chop etiladi;

– 2 nafar o‘qituvchi Queen Rania Teacher Academy tomonidan 9 oy davom etadigan, qiymati $3 000 bo‘lgan kasbiy malaka oshirish kurslarida bepul tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu memorandum — Buxoro viloyati ta’lim tizimini xalqaro miqyosda rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘qituvchilar malakasini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.