Buxoro yangiliklari

Avvalgi “gorgaz” yonidagi ko‘chada tadbirkorlik obyektlari 24/7 rejimida ishlaydi

photo
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Buxoro shahrining “Nizomiy Ganjaviy” mahallasi Sadriddin Ayniy ko‘chasi hududida yangi formatdagi ko‘cha 24/7 tizimida ish boshladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritadigan mazkur ko‘chada infratuzilma tadbirlarini amalga oshirish uchun 2 mlrd 894,6 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Mazkur mablag‘ hisobidan  hozirda ko‘chaning elektr tarmoqlari yangilandi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarildi, zamonaviy (manzarali) yoritgich chiroqlari (ilyuminatsiya) o‘rnatildi, piyodalar yo‘lagi qurildi, bolalar maydonchasi va vorkaut, besedka qurish ishlari amalga oshirildi. 

Umuman, loyiha doirasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘ngilochar maskanlar, oziq-ovqat do‘konlari, tez tayyorlanadigan taomlar (fastfood) shoxobchalari, shuningdek, sayr qilish va dam olish uchun maxsus zonalar tashkil etildi.

Shuningdek, ko‘chada 26 ta yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil qilinib, 40 ta tadbirkorning faoliyati kengayadi. 24 ta ko‘chma savdo shoxobchalari tashkil qilindi. 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Buning natijasida byudjetga qo‘shimcha 500 mln so‘m soliq tushimi tushishiga erishiladi.  

Kuni kecha ko‘chaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi mutasaddilar, keng jamoatchilik vakillari hamda shahar aholisi ishtirok etdi. 

Tantanada “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Bunyodbek Saidov ishtirokidagi konsert dasturi yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.