Buxoro yangiliklari
Endi shahar IIB yonidagi ko‘chadagi tadbirkorlik subyektlari 24/7 ishlaydi
2025-yil dekabr oyining oxiridan boshlab Buxoro shahridagi “Olim Xoʻjayev” mahallasida yangi tashkil etilgan, milliy anʼanalar va zamonaviy infratuzilma uygʻunlashgan 24/7 rejimida ishlaydigan yana bir koʻcha faoliyat boshladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar qilmoqda.
Qayd etish lozimki, viloyat prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan xayrli tashabbus uchun mahalliy byudjet hisobidan 7,2 mlrd soʻm hamda tadbirkor va tashabbuskor homiylar hisobidan 8,7 mlrd soʻm sarflandi. Loyiha doirasida ushbu koʻchada 90 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyati kengaytirilgani nafaqat mahalla, balki shaharning iqtisodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga turtki boʻldi. Tadbirkorlik binolarining birinchi qavatida turli xil kafelar, restoranlar va strit-fud (koʻcha taomlari) shaxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Mazkur tashabbus nafaqat iqtisodiy faollikni oshirish, balki Buxoroning boy madaniy va gastronomik merosini yanada keng targʻib etishga xizmat qiladi. Yangi gastronomik koʻcha bugungi kunda shahar aholisi va mehmonlar uchun quvnoq dam olish, oilaviy hordiq chiqarish uchun sevimli maskaniga aylanmoqda.
Shuningdek, hududdagi, 1,6 km yoʻlaklar bordyurlashtirildi, 1,6 km kabellashtirish ishlari bajarildi, shuningdek, koʻcha chiroqlari oʻrnatildi, ichimlik va issiqlik suvi quvurlari yangilandi, piyodalar yoʻlagi betonlashtirildi, hududda manzalari daraxt va gul koʻchatlari ekildi.
Mazkur koʻchaning ramziy ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov soʻzga chiqib, shahar aholisi va mehmonlarini Yangi yil bayrami va unga hamohang ish boshlayotgan gastronomik koʻcha ochilishi bilan qutladi.
Qayd etishimiz kerak-ki, viloyatimizda 2026-yilda har bir shahar va tuman markazlarida shunday namunaviy koʻchalarni tashkil etilib, mahalliy hunarmandchilik, milliy taomlar hamda zamonaviy servis xizmatlarini birlashtirgan loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


