Jahon
Rossiya migrantlar uchun yangi qoidalar joriy etadi
Rossiya hukumati 2027-yil oxiriga qadar mamlakat hududida migrantlar harakati ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan kompleks choralarni amalga oshiradi. Rossiya Federatsiyasining migratsiya siyosati bo‘yicha yangi rejalarini TASS xabar qilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, xorijiy fuqarolarning Rossiya hududi bo‘ylab harakatini monitoring qilishga mo‘ljallangan maxsus axborot tizimi 2027-yilning 10-dekabrga qadar ishga tushiriladi.
Mazkur loyiha Ichki ishlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati, Transport vazirligi va Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan Rossiya hududlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, 2026-yilning dekabr oyiga qadar chet elliklarni biometrik identifikatsiyalash uchun alohida axborot tizimini yaratish rejalashtirilgan. Ushbu tizim xorijiy fuqarolarning shaxsini aniqlash va migratsiya jarayonlarini nazorat qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Rejaga muvofiq, Rossiya Ichki ishlar vazirligi xalqaro aviachiptalarni bron qilish tizimlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu choralar Rossiyaga kirishi taqiqlangan xorijiy fuqarolar haqida avvaldan axborot olish va chegaradagi nazoratni kuchaytirish maqsadida joriy etiladi.
Bundan tashqari, vazirlik tomonidan ochiq manbalardagi ma’lumotlarni tahlil qilishga mo‘ljallangan maxsus axborot tizimini yaratish ham ko‘zda tutilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


