Salomatlik

Tez-tez bosh og‘rishining sababi nimada?

photo
Foto: Life.ru

Loading

Agar bosh og‘rig‘i tez-tez takrorlanib tursa, albatta buning sababini izlash kerak. Bosh og‘rig‘iga chidash yoki og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan davolash imkon qadar tavsiya etilmaydi. Sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolarni eʼtiborsiz qoldirmang. Tanangiz bosh og‘rig‘i orqali boshqa jiddiy kasalliklar haqida signal berayotgan bo‘lishi mumkin. Bu borada Daryo foydali maqola tayyorlagan.

Tez-tez bosh og‘rishining sabablari:

— doimiy stress holati, maʼnaviy va jismoniy toliqish;

— kam uyqu;

— gormonal nomutanosibliklar. Masalan, ayollarda homiladorlik paytida yoki menopauza paytida tana butunlay qayta tiklanganda paydo bo‘lishi mumkin;

— ko‘z toliqishi. Bunda kompyuter oldida ko‘p o‘tirish, 3D-filmlarni tomosha qilish;

— dori vositalarini uzoq muddat qabul qilganda. Bunday hollarda dorilarni qabul qilishni to‘xtatgandan keyin yana ikki haftagacha davom etishi mumkin;

— boshdagi jarohat. Shikastlanish og‘ir yoki yengilligiga qarab, 2 haftadan 8 haftagacha davom etishi mumkin;

— ortiqcha vazn;

— meningit—bosh miya yoki orqa miya yallig‘lanishi. Bunday holda bosh og‘rig‘i ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan birga keladi;

— glaukoma—ko‘z nervlarning yallig‘lanishi. 40 yoshdan oshgan odamlarda bosh og‘rig‘ining umumiy sababi;

— miya saratoni.

Agar bosh tez-tez og‘riy boshlasa, nima qilish kerak? Qaysi shifokorga murojaat qilish talab qilinadi?

Doimiy bosh og‘rig‘i bo‘lgan odam tez-tez qiladigan birinchi ish bu og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilishidir. Lekin og‘riqni xalq tabobati bilan bartaraf etish afzalroqdir. Yangi karam bargini peshonangizga qo‘ying, romashkali choy iching va peshonangizni limon yoki lavanda efir moyi bilan uqalang. Bu bosh og‘rig‘ini ancha yengillashtiradi.

Agar doimiy bosh og‘rig‘i bo‘lsa, albatta shifoxonaga borishni unutmang. Birinchi bo‘lib nevrologga murojaat qiling, chunki ko‘pincha bunday og‘riqlar miya yoki orqa miya bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga keladi. Shuningdek, terapevtga ko‘rinish ham tavsiya etiladi va u torroq mutaxassisga yo‘llanma beradi.

Bunday og‘riqning sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin va ularning aksariyati o‘ta jiddiy. Ko‘p holatlarda og‘riq qoldiruvchi dorilarni isteʼmol qilish, shifokor qabuliga borishni sekinlashtiradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.