Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (03.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Munajjimlar bashorati (2026-yilning 3-yanvar, shanba kuni uchun)

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Ishlaringiz ko‘paygandan ko‘payadi. Hatto, bir piyola choy ichishga vaqtingiz bo‘lmasligi mumkin. O‘zingizni asrang va ora-sirada nafas rostlashni unutmang.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Agar bugun ertalabdan ko‘ngilsiz vaziyatga tushsangiz, birovlar bilan janjallashsangiz, o‘zingizga ziyon bo‘ladi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Eng muhim rejalarni haqiqatga aylantirish payida bo‘ling. Muhim hujjatlarni rasmiylashtirishga to‘g‘ri kelsa juda ehtiyotkorlik bilan ish tuting.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Nafaqat o‘zingiz, balki o‘zgalarning sirlarini ham saqlashga harakat qiling. Ish joyingizda mas’uliyatni chuqur his etgan holda ish olib borsangiz, kam bo‘lmaysiz.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun oldingizga qo‘yilgan ezgu maqsadlar sari olg‘a, boshni baland ko‘targan holda boring. Bu moliyaviy ahvolingizni ham mustahkamlashda katta yordam beradi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Ertalab shaxsiy hayotingizda favqulodda bartaraf etmasa bo‘lmaydigan muammo paydo bo‘lishi kutiladi. Uni ijobiy hal etish uchun ishingizni ham qisqa fursatga tashlab qo‘yishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Oliyaviy masalada yuzaga keladigan vaziyatni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishingiz talab etiladi. Bu siz uchun faqat foyda keltiradi. Ish bajarishda esa tajribani ishga soling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Hatto, eng yoqimsiz holatlarni ham lablaringizda tabassum bilan qabul qilishingiz tavsiya etiladi. Sinovlar va qat’iy qarorlar qabul qilish payti yetdi. Buni mardona qabul qiling.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun xavotirlanishingiz uchun hech qanday sabab ko‘zga tashlanmaydi. Lekin ichki olamingizga bir nazar tashlab olishingiz shart. Tashqi qiyofangizga qarash ham esingizdan chiqmasin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Biling, agar oldingizga hasadga burkangan maqsadlarni qo‘ysangiz, ilk qadam tashlagandayoq muvaffaqiyatsizlikka yuz tutasiz. Siz firibgar ham, hasadgo‘y ham emassiz. Shuning uchun bunday yomon o‘ylarni o‘zingizga yaqinlashtirmang.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Atrofdagilar har tarafdan asabingizga tegadigan harakatlarni sodir eta boshlashi mumkin. Bu ishchanlik kayfiyatingizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Muhim masalalarni boshqa kunga qoldirishingiz talab etiladi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Garchi tajribangiz yetarlidan-da ko‘p, bilimingiz oshib-toshgan bo‘lsa-da, olisga suzib ketishni xayol qilmang. Jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.