Jahon
Donald Trampning Turkiyada nikohsiz tug‘ilgan farzandi bor (-mi?)
Turkiyaning Anqara shahrida yashovchi Nejla Ozmen AQShning 79 yoshli amaldagi Prezidenti Donald Tramp biologik otasi ekanini da’vo qilib, sudga murojaat qildi. Bu haqda Dailysabah xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ozmen 2025-yilning 25-sentabr kuni Anqara 27-oilaviy sudiga otalikni aniqlash bo‘yicha da’vo arizasi topshirgan. Sud 10-oktabr kuni da’voni rad etib, arizada Trampning biologik ota ekanini tasdiqlovchi aniq va ishonchli dalillar keltirilmaganini ma’lum qildi. Sud qarorida da’vo mohiyatiga oid jiddiy kamchiliklar mavjudligi, ularni bartaraf etish uchun muddat berish ham mumkin emasligi bildirilgan.
Murojaatchi sud qaroridan norozi ekanini bildirib, ishni apellyasiya tartibida ko‘rib chiqishni so‘raganini, shuningdek AQSh elchixonasi va AQShdagi sudlarga ham murojaat qilganini aytmoqda.
Ozmenning so‘zlariga ko‘ra, u 1970-yilda tug‘ilgan bo‘lib, hujjatlarda Sati va Dursun Ozmenning farzandi sifatida qayd etilgan. U rasmiy hujjatlarda otasi sifatida ko‘rsatilgan Dursun Ozmen uning haqiqiy otasi emasligini, biologik otasi esa Donald Tramp ekanini iddao qildi. Ayolning aytishicha, uni tarbiyalagan ona 2017 yilda asl haqiqatni ochiqlab, Ozmenning biologik onasi nikohsiz munosabat oqibatida Trampdan homilador bo‘lganini bildirgan. Shu sababli u DNK testi o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Nejla Ozmen Tramp bilan shaxsan uchrashishni istashini aytib, undan faqat biologik otasi ekanligi yoki emasligini aniqlashni xohlashini ta’kidlamoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


