O‘zbekiston
“Suyunchi puli” olish tartibi Yangi yildan o‘zgardi
Oʻzbekistonda davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi tubdan yangilanmoqda. Prezidentning “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–206-sonli Farmoniga koʻra, 2026-yilning 1-yanvardan ijtimoiy toʻlovlarni tayinlashda proaktiv tizim joriy etiladi.
Bu nima degani?
Yangi tartibga muvofiq, homiladorlik va tugʻish nafaqasi — jamoat orasida “suyunchi puli” deb ataladigan toʻlov — fuqarolarning murojaatisiz, avtomatik ravishda tayinlanadi va toʻlanadi.
Farmonga koʻra, fuqarolar davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy va ixtiyoriy asoslarda qamrab olinadi. Majburiy sugʻurta Davlat byudjeti hisobidan, ixtiyoriy sugʻurta esa mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi oylik badal evaziga amalga oshiriladi.
Ijtimoiy toʻlovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali fuqarolarning sugʻurta staji va toʻlagan badallariga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Shuningdek:
- 2026-yilning 1-yanvardan — homiladorlik va tugʻish nafaqasi,
- 2026-yilning 1-iyuldan — vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi
proaktiv shaklda tayinlanadi.
2030-yildan esa ishdan boʻshatish nafaqasi fuqarolar murojaati asosida Jamgʻarma orqali toʻlanishi belgilangan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


