Buxoro yangiliklari

“Detskiy bolnitsa”da yangi tug‘ilgan chaqaloqda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, hayoti saqlab qolindi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Kuni kecha Olot tuman tibbiyot birlashmasida yangi tug‘ilgan chaqaloq tibbiy nazoratga olindi. Chaqaloqqa tug‘ma rivojlanish nuqsoni — anus et rectum atreziyasi tashxisi qo‘yildi.

Ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamiga ehtiyoj mavjudligi sabab bemor Buxoro viloyati bolalar tibbiyot markazining hududlararo chaqaloqlar xirurgiyasi bo‘limiga ko‘chirildi.

Markazda malakali mutaxassislar tomonidan to‘liq klinik, laborator hamda rentgenologik tekshiruvlar o‘tkazildi. Shoshilinch tarzda murakkab jarrohlik amaliyoti — sigmastoma qo‘yish amalga oshirildi. Amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ayni paytda chaqaloqning umumiy ahvoli barqaror bo‘lib, u tajribali shifokorlar tomonidan doimiy tibbiy nazoratga olingan. Amaliyotdan keyingi davolash va parvarish ishlari belgilangan tartibda olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.