O‘zbekiston
O‘zbekistonda foizlarsiz kredit beradigan islomiy bank qachon ochilishi haqida ma’lumot berildi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilangan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Unda moliya bozorini isloh qilish va islomiy moliya xizmatlarini joriy etish bo‘yicha aniq rejalar belgilangan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hujjatga ko‘ra, 2027 yilda O‘zbekistonda islomiy moliya tamoyillari asosida ishlaydigan birinchi bank ochiladi. Keyinchalik, 2029–2030 yillarda yana ikkita islomiy bank faoliyat boshlashi rejalashtirilgan. Shunday qilib, 2030 yilga borib mamlakatda jami uchta islomiy bank ishlaydi.
Shuningdek, strategiyada davlat banklaridagi ulushni kamaytirish ham ko‘zda tutilgan. 2027–2030 yillar davomida har yili bittadan davlat banki xususiylashtiriladi. Natijada, 2030 yilga kelib davlat tasarrufida atigi 4 ta bank qoladi.
Ushbu o‘zgarishlar moliya bozorida raqobatni kuchaytirish, xususiy sektor ulushini oshirish va islomiy moliya xizmatlariga bo‘lgan talabni qondirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Islomiy banklar nimasi bilan boshqacha?
Islomiy banklar faoliyati shariat tamoyillariga asoslanadi. Asosiy tamoyillar quyidagilar:
- Foiz (ribo) olinmaydi yoki berilmaydi
- Puldan emas, real savdo va investitsiyadan daromad olinadi
- Bank va mijoz foyda–zararni bo‘lishadi
- Mumkin bo‘lmagan sohalarga (alkogol, qimor va boshqalar) sarmoya kiritilmaydi
“Foizsiz kredit” qanday ishlaydi?
Islomiy banklarda an’anaviy kredit bo‘lmaydi. Odatda quyidagi shakllar qo‘llaniladi:
1️⃣ Murabaha (tovarni bo‘lib-bo‘lib sotish)
Mijoz buyum kerakligini aytadi (masalan, avtomobil yoki texnika).
Bank uni sotib oladi va ustama qo‘shgan holda mijozga bo‘lib to‘lashga beradi.
Bu yerda foiz emas, savdo ustamasi bo‘ladi — narx oldindan kelishib qo‘yiladi.
2️⃣ Ijara (ijaraga berish)
Bank mulkni sotib olib, mijozga ijaraga beradi.
Mijoz foydalanadi, ma’lum muddatdan keyin mulkni sotib olishi mumkin.
3️⃣ Musharaka / Mudaraba (hamkorlik)
Bank va mijoz birgalikda biznesga sarmoya kiritadi.
Daromad ham, xavf ham birgalikda bo‘linadi.
Shu sabab, islomiy banklarda:
- kechiktirib to‘laganlik uchun foiz qo‘shilmaydi,
- jarimalar bo‘lsa ham, bank foydasiga olinmaydi — xayr-ehsonga yo‘naltiriladi.
Mutaxassislar fikricha, ushbu model raqobatni kuchaytirib, aholiga moliya xizmatlarining yangi, halol va shaffof shaklini taklif qilishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


