Buxoro yangiliklari

“Buxoro” futbol klubi Sherzod Esanov bilan shartnoma imzoladi

picture
Foto: “Buxoro” PFK

Loading

“Buxoro” futbol klubi tarkibi yana bir iqtidorli futbolchi bilan to‘ldirildi. Jamoa safiga professional faoliyati davomida mahalliy va xorijiy klublarda to‘p surgan futbolchi Sherzod Esanov qo‘shildi.

Ma’lumot o‘rnida, Sherzod Esanov shu kunga qadar O‘zbekistonning “Chig‘atoy”, “Andijon”, “Olimpik” jamoalari, shuningdek Rossiyaning “Akron” hamda Belarusning “Dinamo Brest” klublari sharafini himoya qilgan.

Yangi futbolchining jamoaga qo‘shilishi “Buxoro” tarkibida raqobatni oshirish, o‘yin sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilishiga ishonamiz.

“Buxoro” futbol klubi Sherzod Esanovga jamoa safidagi faoliyatida omad, mustahkam sog‘liq va yorqin g‘alabalar tilaydi.

Qayd etish o‘rinliki, bir necha kun oldin futbolni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

picture 03

Yig‘ilishda viloyat sport boshqarmasi rahbariyati, barcha sport ta’lim muassasalari vakillari, viloyat futbol assosiatsiyasining mas’ul xodimlari, shuningdek, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Unda hududlarda futbol bo‘yicha seleksiya ishlarini jonlantirish, musobaqalar sonini ko‘paytirish orqali iqtidorli yosh futbolchilarni aniqlash va saralab olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

picture 02

Shuningdek, musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan jamoalarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, chet el futbol klublari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga hududlarda futbolni ommalashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda natijadorlikni oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.