Buxoro yangiliklari

Bir oila Umradan voz kechdi — qishloq hayoti o‘zgardi

pic
Foto: Buxoro viloyat hokimligi

Loading

So‘nggi yillarda muqaddas ziyoratlarni asl mazmunidan chetga chiqarish, ularni riyokorlik yoki ko‘z-ko‘z qilish vositasiga aylantirish holatlari ko‘payib borayotgan bir paytda, jamiyat uchun haqiqiy ibrat bo‘ladigan ezgu tashabbuslar ham uchrab turibdi. Zero, ziyoratning mohiyati ixlos, kamtarlik va tavbada bo‘lib, unda na manmanlik, na moddiy manfaat ustun bo‘lishi lozim.

Ana shunday xayrli ish Shofirkon tumanidagi Bog‘iafzal mahallasida yashovchi bir oilaning hayotiy qarori bilan namoyon bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Mahalla ahli orasida umrguzaronlik qilayotgan Jamila O‘rinova va Sa’dulla Rahimovlar 2025-yilda Umra ziyoratini ado etish uchun jamg‘arib kelgan qariyb 70 million so‘m mablag‘ni shaxsiy safar emas, balki jamoat manfaatiga yo‘naltirishni ma’qul ko‘rdi.

Mazkur mablag‘ evaziga tumandagi “Bog‘iafzal”, “Pashmon”, “Jilvon” hamda “Sharof Rashidov” mahallalarini o‘zaro bog‘lovchi ko‘priklar, shuningdek, So‘fiyon qishlog‘ida joylashgan ko‘prik to‘liq ta’mirlandi. Ta’mirlash ishlari doirasida ko‘priklar mustahkamlanib, beton plitalar yotqizildi, yo‘l qismi kengaytirilib, asfalt qoplamasi yangilandi. Natijada, bugungi kunda o‘nlab xonadonlar ushbu yo‘llardan xavfsiz va qulay foydalanmoqda.

pic 02

Oila boshlig‘ining uzoq yillar qurilish sohasida faoliyat yuritgani, xonadon bekasining esa farzandlar tarbiyasiga butun umrini bag‘ishlagani ushbu qarorga zamin bo‘lgan omillardan biri ekani ta’kidlanmoqda. Aynan shu hayotiy tajriba savobni faqat ziyoratda emas, balki kundalik hayotda odamlar manfaatiga xizmat qilishda ko‘rishga undagan.

Azaldan xalqimizda yo‘l solgan, ko‘prik qurgan inson el orasida ulug‘langan. Bugun olti nafar farzandni voyaga yetkazib, 11 nafar nevaraning quvonchi bilan yashayotgan ushbu oilaning beg‘araz amali keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. Oila a’zolari esa bu qarorni shunday izohlaydi:


“– Muqaddas safar ko‘p yillik orzumiz edi. Ammo qishloqdoshlarimiz har kuni foydalanadigan yo‘l va ko‘priklar ehtiyoji bu orzudan ustun keldi. Odamlarga nafimiz tekkanidan xursandmiz”

Ushbu voqea yana bir oddiy, ammo muhim haqiqatni eslatadi: “Bog‘iafzal”da ta’mirlangan ko‘priklar nafaqat temir-beton asosida, balki chin ixlos, vijdon va iymon poydevorida barpo etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.