Buxoro yangiliklari

Eri bermagan bolani sud majburan onasiga topshirdi: Buxoroda oilaviy mojaro sudgacha bordi

pic
Foto: MIB Buxoro

Loading

1 yoshga yetmagan bola sud qarori bilan onasiga qaytarildi

Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, oilaviy kelishmovchiliklar sabab turmush o‘rtog‘ining uyini tark etishga majbur bo‘lgan yosh ayol hali 1 yoshga ham to‘lmagan farzandini o‘zi bilan olib keta olmagan. Erkak esa bolani hech kimga bermasligini, uni o‘zi tarbiyalashini bildirgan.

Bolasiz qolgan ayol ota-onasi bilan birga bir necha bor qudalar xonadoniga borib, farzandini olib ketishga uringan. Biroq bu harakatlar samara bermagan. Shundan so‘ng ular yordam so‘rab Majburiy ijro byurosining Jondor tumani bo‘limiga murojaat qilgan.

Byuro tomonidan bolani olib berish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgach, ayol farzandini o‘z tarbiyasiga topshirish haqida sudga da’vo arizasi kiritgan. Sud ish holatlarini atroflicha o‘rganib, da’voni qanoatlantirgan.

Sud qarori ijro etish uchun Jondor tuman bo‘limiga kelib tushgach, ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, darhol ijro harakatlari boshlangan. Davlat ijrochisi tomonidan tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan majburiy ijro tadbirlari davomida voyaga yetmagan bola sog‘-salomat holda onasining tarbiyasiga topshirilgan.

Hozirda mazkur ish doirasidagi tegishli tadbirlar belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.