Mashhurlar
“25 yildan beri uxlamayman” – Munisa Rizayeva
Bir necha kun oldin Munisa Rizayeva Instagram tarmog‘ida jonli efir chog‘ida muxlislari tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Daryo shu haqda maqola tayyorlagan. Quyida uni Sizlarga havola etamiz.
— Turmush o‘rtog‘ingiz qayerda?
— Turmush o‘rtog‘im hozir Dubayda. Ular o‘zlarini ham, o‘g‘limni ham video va rasmga olishlariga ruxsat bermaydilar. Bu qarorlarini hurmat qilib qabul qilganman. Har bir odamning nazari bo‘ladi. Hatto o‘zimning ham nazarim tegmasligi uchun o‘g‘limga har doim Qur’ondagi “Baqara”, “Yasin” suralarini qo‘yib eshittiraman, o‘zim ruqiyalar o‘qib yuraman.
Shuningdek xonanda ota-ionasi, singlisi va opasi ham Dubayda ekanliklari va Yangi yilni birga kutib olish uchun o‘zi ham 31-dekabrda ularning oldiga uchib ketiganini aytadi.
— Eringiz sizga xiyonat qilganmi?

— Yo‘q, erim menga xiyonat qilmagan. Ilohim, bundan keyin ham bunday qilmasin. Lekin Toshkentdan Dubayga ko‘chib ketdilar. Bilmadim, bu yerda odamlar uni qanchalik xafa qilishgan. Kimdan ko‘ngli qolib ketgan, bilmayman. Men ketdim, deb ko‘chib ketdilar. Shuning uchun endi ikki davlat orasida qatnab yashab yuribmiz. Chunki mening ishim, ijodim Toshkentda.
— Munisa opa, nega “X-Faktor”da Shaxriyor aka bilan kelisholmaysizlar?

— Chunki bu “X-Faktor”, bu shou. Biz ko‘rsatuvni shouga aylantirishimiz kerak. O‘shanda sizlar ko‘rasizlar, salbiy izohlar yozasizlar. Bir-biringlar bilan urishasizlar. Bu bizlarga ko‘p “prosmotr”lar keltiradi, yaxshi piar bo‘ladi, zo‘r-ku. Biz shou qilyapmiz. Artistlarning, sahnadagi insonlarning maqsadi yaxshi shou qilish bo‘ladi. Shuning uchun bir kun Shaxriyordan ko‘nglim qoldi, Munis yaxshi deysizlar, boshqa kuni meni yomon deb, Shaxriyorni maqtaysizlar. Biz Shaxriyor bilan juda yaqin do‘stmiz. U mening 25 yillik o‘rtog‘im. Shunday ekan, sahnada ko‘rayotganlaringizning ko‘piga ham ishonavermanglar.
Yana Internetda ko‘plar yaxshi, boy hayotni ko‘rsatishadi. Lekin bularning ham 99 foizi yolg‘on. Ko‘p odamlar shunchaki rasm uchun hayotlarini shunday chiroyli qilib ko‘rsatishadi. Aslida hech kimda chiroyli hayot yo‘q. Har bitta insonning o‘zining muammolari bor. Hech kimda ideal hayot yo‘q. Hech kimda hammasi zo‘r emas. Bir kam dunyo bu. Demak, har bir insonda muammolar bor.
Prezidentning ham, oddiy odamning ham, milliarderning ham—hammaning muammosi bor. Lekin siz qanchalik boy bo‘lsangiz, muammongiz ham shunchalik katta bo‘ladi. Oddiyroq insonga o‘ziga yarasha, kamroq muammosi bo‘ladi. Alloh hammani bir xil ko‘radi. Yaratgan shunday barchamizga sinovlar beradi. Ammo hech kimga o‘zi ko‘tarolmaydigan darajada sinovlar berilmaydi. Shuning uchun hech qachon hech kimga havas qilmanglar. U bloger boy ekan, Munisa boy ekan deganingiz bilan uning ortida qanday muammo-tashvishlari borligini bilmaysiz. Shuning uchun o‘z hayotinglardan rozi bo‘lib yashanglar.
Munisa Rizayeva: “Hech qachon boshqa birov sizning muammongizni hal qilib bermaydi”

— Ko‘pincha menga ehson to‘g‘risida yozishadi. Kimdir yeyishga ovqatim yo‘q, deydi. Kimdir kreditim bor, yopib bering, deydi. Nima uchun sizlarning muammongizni men hal qilishim kerak? Oddiy bir banda bo‘lsam, o‘zimning muammolarim o‘zimga yetarli. Pullarimni nimaga ishlatishni bilaman. Farzand dunyoga keltirganman, onaman. Farzandimning kelajagini o‘ylashim kerak. Nimaga o‘g‘lim qolib, sizlarga pul berishim kerak? Shuning uchun muammongizni o‘zingiz hal qiling. Hech qachon boshqa birov sizning muammongizni hal qilib bermaydi. Alloh bergan sinovini o‘zingiz hal qiling. Bizga ham berilgan sinovlar bor. Uni o‘zimiz hal qilamiz.
Kredit masalasiga kelsak, kredit olmang. U narsa yaxshi emas. Foiz bilan kredit juda ham yomon narsa. Balki bu fikrga qo‘shilarsiz, balki yo‘q, lekin bu mening fikrim. Hali biror insonning kredit olib, zo‘r bo‘lib ketganini ko‘rmadim. Baribir oxirida sarson qiladi. Tushunaman, odam o‘zidan o‘zi kredit olmaydi. Lekin bu yomon narsa. Bu gaplarni sizlarni o‘ylab aytyapman. Men kredit olmayman, kerak ham emas. Men ertalabdan kechgacha ishlayman.
— Bir to‘yga borish xizmatingiz 5 ming dollar bo‘lsa, kredit olishingiz shart emas-da, shundaymi?
— Bitta to‘yga borish, shu 5 ming dollarni topishning orqasida ham qancha mehnat turibdi? 25 yildan beri ishimni deb uxlolmayman. Uyqu yo‘q. 25 yildan beri uyda o‘tirmayman. O‘g‘lim tug‘ilganidan beri u bilan deyarli birga vaqt o‘tkazmayman. 25 yildan beri faqat ishlayman. Oilaga, ota-onam bilan gaplashib o‘tirishga, maza qilib yashashga vaqt yo‘q. Hattoki tug‘ilgan kunlarga ham borishga vaqtim yo‘q. Uyqusiz ertalabgacha ishlayman. Ikki yarim soat vaqt topib uxlasam, katta gap. 10 ming topsak ham, kam deymiz, 20 ming topsak ham, kam deymiz. Odamga hech qachon qancha topsa ham, yetmas ekan. Qo‘shiq yozish, klip olish, reklama, ishchilarning oyligini berish uchun ham pul kerak. Topganlarim shularga ketadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


