Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi 3-son ichki ishlar bo‘limi faoliyatiga tanqidiy baho berildi

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Viloyat IIBda Buxoro shahridagi 3-son IIB faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi

Kuni kecha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB boshlig‘i huzurida Buxoro shahar bo‘yicha IIO FMB 3-son Ichki ishlar bo‘limining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, Buxoro shahar bo‘yicha IIO FMB rahbariyati, 3-son IIBning barcha shaxsiy tarkibi, shuningdek, bo‘lim hududidagi mahallalarga biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

pic 02

Muhokama davomida 3-son IIB tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan xizmat faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, har bir mahalla kesimida aniq va manzilli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish, ularni hududning real kriminogen holatiga mos shakllantirish, mas’ul ijrochilar, aniq muddatlar va kutilayotgan natijalarni belgilash zarurligi alohida ta’kidlandi.

pic 03

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari mazmuni tushuntirilib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda:

  • kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibotni kuchaytirish,
  • jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan nuqtalarni videokuzatuv va zamonaviy texnologiyalar bilan qamrab olish,
  • “Mening inspektorim” dasturi orqali aholi va profilaktika inspektorlari o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash

masalalari muhim yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatildi.

Yig‘ilish yakunida viloyat IIB rahbari tomonidan 3-son IIB shaxsiy tarkibi oldiga xizmat intizomini mustahkamlash, mas’uliyatni oshirish va mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlarni yanada faollashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish vazifasi yuklatildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.