Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (27.01.2026)
2026-yilning 27-yanvar, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Shaxsiy hayotdagi hamda moliyaviy muammolarni juda tez fursatda ijobiy hal etib tashlaysiz. Vaziyat shuni taqozo etadi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Juftingizning o‘tmishini zinhor surishtirmang. Bu birinchidan, etikaga to‘g‘ri kelmaydi, ikkinchidan, oradagi qaynoq munosabatlarga putur yetishi mumkin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Qaysidir ishda yordam so‘rashingiz kutilayotgan odam bilan uchrashib, gaplashishga shoshilmang. Bundan baribir naf chiqmaydi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Pulni tejab ishlatishda me’yorni oshirib yubormang. Shunday qilingki, ham tejamkorlik yaxshi kechsin, ham zahiradagi pullar ma’lum muddatga qadar yetadigan bo‘lsin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Anchadan beri birga ishlamay qo‘ygan, hatto, muloqot ham yuritmay qo‘yayozgan odamlar bilan orangizda masofa bo‘lishini ta’minlang.
Parizod (24.08 — 23.09)
Ko‘zlangan ezgu maqsadlarga yetishda nafaqat pul, balki yetarlicha bilim ham kerak bo‘ladi. Agar hammasi joyida bo‘lsa, omad siz tarafda deyavering.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Munosabatlarda mavjud minuslarni yo‘q qilish uchun juftingiz bilan jiddiy gaplashib oling. Hech narsadan qo‘rqmang.
Chayon (24.10 — 22.11)
Salomatligingiz biroz pand berishi kutiladi. Albatta vrach ko‘rigidan o‘ting.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Atrofdagilarga yaxshilab, quloqni ding qilgan holda nazar soling. Kimdir o‘zingiz haqingizda gapirayotgani, sizni muhokama qilayotganiga guvoh bo‘lasiz.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Shaxsiy hayotingizda kichik ko‘ngilsizliklar yuzaga kelishi mumkin. Ammo sizda iroda kuchi ham, sabr-bardosh ham yetarli. Ularni yengib o‘ta olasiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Rahbariyatdan maoshingiz oshirilishini talab qilasiz-u, baloga qolasiz.
Baliq (20.02 — 20.03)
Ko‘p vaqt uyqusiz kechgan kechalar nari chekinadi. Ovqatlanishda og‘ir hazm bo‘luvchi taomlardan nariroq yuring.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


