Munajjimlar başorati

Munajjimlar bashorati (29.01.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 29-yanvar, payhanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun kechqurunga borib moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Elektr quvvatiga ishlaydigan uskunalar bilan ehtiyotkorona tillashing, jarohat olishingiz xavfi bor.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Moliyaviy masalada ishlaringiz baroridan kelishini istasangiz, martabam oshsin desangiz, mehnatdan qochmang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Ishxonada hech bir hamkasbdan o‘z manfaatlaringiz yo‘lida foydalanishga urinmang. Oilasizlarni kechqurun romantik uchrashuv kutadi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun o‘zingiz uchun yoqimli va hurmat-izzatli odamlar bilan muloqotda bo‘ling.

Parizod (24.08 — 23.09)

Ishda jismoniy zo‘riqishga uchrashdan saqlaning. Moddiy ahvolingiz puldorlar yordamisiz ham bugun oson hal bo‘ladi, tashvish chekmang.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Oilasi yo‘q yigitlarning aksariyati bugun muhabbatda haqiqiy jasurlarcha ish tutishadi. Bu bo‘lg‘usi juftingizning sizga bo‘lgan mehrini o‘n chandon orttirishi tayin.

Chayon (24.10 — 22.11)

Ter to‘king, faqat oldinga intiling. Hamkasblar bilan raqobat qilsangiz-da, baribir siz g‘olib bo‘lasiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kuningiz unumli kechadi. Yo‘lingizda uchraydigan to‘siqlarni bir hamla bilan itqitib keta olasiz.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kechqurun olisdan yoqimsiz xabar eshitishingiz kutiladi. Bu kayfiyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Agar rahbarlaringiz sizni kabinetiga chorlasa, birinchi navbatda emotsiyani jilovlashni unutmang. Bu muloqot davomida qanday ishlash haqida zinhor fikr yurita ko‘rmang.

Baliq (20.02 — 20.03)

Ijod kishilari kun davomida yanada ko‘proq muxlis orttirib, mashhurlikning yuksak cho‘qqilarini zabt etish imkoniga ega bo‘lishadi.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.