Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (30.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 30-yanvar, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Kun davomida atrofdagilar bilan janjallashib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Shunday ekan, sizni tushunadigan, hurmat qiladiganlar bilan sheriklikda ishlang.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Kechqurun kommunal xizmat vakillari bilan orangizda muammo paydo bo‘lishi kutiladi. Qarzingiz bo‘lsa, to‘lab qo‘ying!

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Oila qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida romantik uchrashuvlarni boshdan kechirishlari kutiladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun ishga bor bo‘yingiz bilan sho‘ng‘ishingiz shart emas. Baribir ko‘nglingizdagi natijaga erishishingiz mushkul kechadi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Qanaqangi muhim ishingiz bo‘lsa, ertalabga mo‘ljallang. Shunda foydasini aniqroq ko‘ra olasiz.

Parizod (24.08 — 23.09)

Kun mobaynida zinhor yaqin o‘tmish haqida xayol surmang. Bu sizga faqat xafagarchiliklarni taqdim etadi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Moliyaviy muammolarga nisbatan loqayd bo‘lmang, aks holda kechqurun katmoningiz pulsiz qolishi hech gap emas.

Chayon (24.10 — 22.11)

Ko‘chada tanishlardan birini ko‘rib qolib yoqimli suhbat ham qurasiz. Kelgusida xuddi shu tanishingiz sizga tijoratda ishonchli hamkor bo‘lishi ham mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kechqurun salomatligingiz haqida qayg‘urishingizga to‘g‘ri keladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

O‘zingizga qiziq bo‘lmagan ishlarga qo‘l urmaganingiz ma’qul. Behuda vaqt ketkazishdan nima foyda. Bo‘ladigani, oladiganiga intilavering.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun sizga chor atrofingizdan yordamlar yog‘ila boshlaydi. Shuning uchun yaqin o‘tmishdagi xatoliklarni eslab kayfiyatni tushirmasangiz ham bo‘ladi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Jahlingizni chiqarganlarga nisbatan sukut bilan javob qaytaring. Shunda mutlaq g‘olibga aylanasiz.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.