Salomatlik

Oddiy yostiq sog‘lig‘ingiz haqida “gapiradi”

pic
Foto: Yandex Dzen

Loading

Ba’zida oddiy belgilar orqali ham tana qandaydir yordamga muhtoj ekanini taxmin qilish mumkin. Masalan, yurishdagi kichik noqulayliklar, terining ko‘rinishi, soch rangida o‘zgarishlar yuz berganda, albatta, shifokorga murojaat qilish kerakligi ko‘pchilikka ma’lum. Inson umrining uchdan bir qismi uyquda o‘tadi. Shuning uchun ham yopinchiq va yostiq yordamida bir qancha muammolarni oldindan bilib olish mumkin. Daryo shular bilan bo‘lishmoqda.

Yostiqdagi dog‘lar

Vaqti-vaqti bilan har bir kishi ertalab uyg‘onganida yostig‘ida so‘lak dog‘larini ko‘rishi mumkin. Tunda so‘lak oqishi mushaklar bo‘shashganida ro‘y beradigan normal holat hisoblanadi. Agar u tez-tez kuzatilayotgan bo‘lsa, demak, bu yaxshi emas. Bunday vaqtda shifokor bilan maslahatlashishni ortga surmaslik kerak. Bu nevrologik, yuqumli va autoimmun kasallikning dastlabki belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Nam yostiq

Ertalab uyg‘onganda yostiq namligi sezilarli darajada bo‘lsa, ayol kishida menopauza davri boshlanayotganidan darak beradi. Uning eng keng tarqalgan alomatlaridan biri — bu tunda qizib ketishdir. Ayol gormonlari — estrogen darajasining pasayib ketishi tufayli organizmning termoregulyatsiyasi o‘zgaradi, tana yangi sharoitga moslashishga harakat qiladi. Issiqlik to‘lqinlari esa kecha-yu kunduz insonni tinchlantirmaydi. Buning davomiyligi hammada turlicha bo‘lib, haftada bir yoki ikki marta bezovta qilishi mumkin. Mazkur holat muntazam kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan bog‘lanish zarur.

Yostiqdagi sochlar

Odatda inson kuniga saksonga yaqin soch tolasini yo‘qotadi. Bu miqdor mavsum va umumiy holatga qarab o‘zgarishi mumkin. Soch to‘kilishining keskin ko‘payishi og‘ir stressga, parhezning o‘zgarishiga, tanadagi gormonal o‘zgarishlarga javob bo‘lishi mumkin. Ammo yostiqda tobora soch tolalari ortayotgan bo‘lsa, albatta, qalqonsimon bezni tekshiruvdan o‘tkazish kerak. Chunki gipotireoz holatida qalqonsimon bez juda oz miqdorda o‘ziga xos gormonlarni ishlab chiqaradi, natijada kechalari soch to‘kilish holati faollashadi.

Yostiq balandligi me’yorda bo‘lmasa

Aniqrog‘i, juda baland. Yostig‘ini baland qilib uxlaydiganlar endokrinologga murojaat qilishlari mumkin. Gastroezofagial reflyuks kasalligi rivojlanganda oshqozon kislotasi qizilo‘ngachga ko‘tarilib, shilliq qavatni bezovta qiladi. Natijada jig‘ildon qaynashi kuzatiladi, yostiqni balandroq qilish va yarim o‘tirgan holatda qulaylikka erishishga harakat boshlanadi. Agar baland yostiqda uxlaydiganlar bo‘lsa, oshqozon-ichak traktini tekshirtirishi lozim.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.