Islom

Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Uylanishlik ko‘zni va farjni (haromdan) saqlaydi. Kimki uylanishga qodir bo‘lmasa. Ro‘za tutsin”

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Shari’atda uylanishning hukmi, kishining jismoniy quvvati, oila mas’uliyatini uddalashi, uylanmasa noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolish xavfiga qarab besh xil bo‘ladi:

1. Uylanishi farz (qilish qat’iy talab qilingan, qilinmasa katta gunohkor bo‘ladigan ish) bo‘lgan kishi. Uylanmasa zino (noto‘g‘ri jinsiy aloqa) ga ketishi aniq. Uylanish oilani boshqarishga qodir va xotinga zulm qilmaydiganlar uchundir. Bundaylar uylanmasalar katta gunohkor bo‘ladilar. 

2. Uylanish vojib (qilishi talab qilingan, qilmasa gunohkor bo‘ladigan ish) bo‘lgan kishi. Uylanmasa, zinoga ketib qolish xavfi bor, uylansa xotinini boqa oladi, unga zulm qilmaydi. Bunday kishilar uylanmasalar gunohkor bo‘ladilar.

3. Uylanish sunnat (qilsa savob, qilmasa sunnatga xilof bo‘ladigan ish) bo‘ladigan ish. Uylanmasa ham o‘zini zinodan saqlay oladi. Uylansa xotinini boshqaga va unga zulm qilmaslikka qodir. Bunday kishilar uylansalar savob, Payg‘ambar alayhissalom sunnatlariga amal qilgan bo‘lib, maboda uylanmasa gunohkor bo‘lmaydi. Ushbu holat asldir. Shunga ko‘ra, ulamolar uylanish sunnatdir deb ittifoq qilganlar.

Uylanish harom (qilmaslik qat’iy talab qilingan ish) bo‘lgan ish.

4. Uylansa xotinni boqa olmaydi, unga zulm qilishi aniq. Jinsiy aloqaga qodir emas. Bunday kishilarning uylanishi harom. Agar jinsiy aloqaga qodir bo‘lsa, uylanishga mablag‘i bo‘lmagan kishilarga janob payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mablag‘ topgunga qadar ro‘za tutishi tavsiya etganlar. Zero, ro‘za kishining shahvatini kesadi.

5. Uylanish makruh (qilsa gunohkor bo‘lishi mumkin bo‘lgan ish) bo‘lgan kishi. Uylansa xotinni boshqara olmaslik yoki jinsiy aloqaga yaramaslikka ehtimoli ko‘proq bo‘lgan kishilardir.

Islom shariatida uylanishdan ko‘zlangan asosiy va ulug‘ maqsad halol yo‘l ila inson naslini saqlab qolishdir, jinsiy xohishni qondirish emas.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida: “Uylanish biz, payg‘ambarlarning sunnatimizdir”, – deganlar. (Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyati).

Uylanish oila qurishning birinchi ustunidir. Oila esa jamiyatning kichik bir bo‘lagi hisoblanadi. Inson yaratilishga ko‘ra yolg‘iz yashay olmaydi, doim u boshqalarning yordamiga muhtoj. Shuning uchun, Islom dini uylanishga va o‘zidan nasl qoldirishga targ‘ib qilib kelgan.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida: “Sizlardan qaysi biringiz uylanishga qodir bo‘lsa, uylansin. Uylanishlik ko‘zni va farjni (haromdan) saqlaydi. Kimki uylanishga qodir bo‘lmasa. Ro‘za tutsin. Ro‘za u uchun (noto‘g‘ri yo‘ldan saqlovchi) qo‘rg‘ondir”, – deganlar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar).

Bo‘lajak oilaning osoyishta va davomli bo‘lishi uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida: “Farzanlaringga ona bo‘ladigan ayolni yaxshilab tanlab olinglar”.

Yana boshqa hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Ayollar moli, jamoli, nasabi, dini sababidan nikohga olinadi. Sen diyonatligini ixtiyor etgin”, – deganlar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar).

Shunday qilib, uylanish, har ikki tomon uchun xotirjamlik va rohat bo‘lishi bilan bir qatorda, noto‘g‘ri yo‘ldan, zinodan, haromdan saqlovchi hamda jamiyatni muntazam va davomli bo‘lishga olib boruvchi yetakchi omildir.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.