Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda qurut ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or mahalla

pic
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

G‘ijduvon tumanidagi “Tavariyon” mahallasi bugun qurut tayyorlash orqali nom chiqarmoqda. Oddiy sut mahsulotidan tayyorlanadigan bu milliy taom bir nechta oila uchun barqaror daromad manbaiga aylangan.

Qurutning foydasi ko‘pchilikka yaxshi tanish. U jazirama issiqda chanqoqni bosadi, tanadagi suv va tuz muvozanatini saqlaydi, suyak va mushaklarni mustahkamlaydi. Temir, kalsiy, magniy va kaliyga boyligi sababli bolalar o‘sishi, tishlar sog‘lom bo‘lishida ham muhim o‘rin tutadi. Eng muhimi, qurut uzoq saqlanadi va har mavsumda xaridorgir.

Tavariyon mahallasida esa bu foydali mahsulot kichik, ammo samarali biznesga aylangan. Bahodir Tilavov sexida oyiga 6 tonnagacha, Mirali Boltayev tashkil etgan kichik korxonada esa 7 tonnagacha qurut ishlab chiqarilmoqda. Asliddin Boboxonov va Jamshid Saidov sexlarida ham har birida 5 tonnadan mahsulot tayyorlanib, bozorga chiqarilmoqda.

Mahalliy qurutlar shakli va ko‘rinishi bilan ham ajralib turadi: dumaloq, to‘rtburchak, uchburchak, rang-barang va bejirim. Bozorlarda bunday qurutlarga talab yuqori, savdo esa yil bo‘yi to‘xtamaydi. Natijada o‘nlab xonadon doimiy ish bilan ta’minlanib, turmush darajasi yaxshilanmoqda.

pic

Bugun qurut tayyorlash bilan shug‘ullanayotgan kichik korxona egalari oyiga o‘rtacha 35 million so‘mdan ortiq daromad olayotgani aytilmoqda. Tuman mutasaddilari va mahalla faollari bu yo‘nalishni kengaytirish, yangi oilalarni jalb qilish bo‘yicha ko‘mak bermoqda.

Tavariyondagi bu tajriba shuni ko‘rsatadiki, milliy taomlar nafaqat an’anani saqlab qoladi, balki to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, barakali biznesga ham aylanishi mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.