Islom

Qabriston ziyorati qaysi kunlarda amalga oshiriladi?

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Savol: Ba’zilar juma kuni qabristonga borish xayrli deyishadi. Yana ba’zilar esa qabristonga aynan juma kuni borib bo‘lmasligini takidlashgan. Umuman olganda qaysi kunlar qabristonga borish mumkin emas?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizda qabrlarni ziyorat qilishga targ‘ib qilingan bo‘lib, undan qaytarilgan vaqt yoki kun yo‘q. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislarining birida shunday deb marhamat qilganlar:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي اللَّهُ عنهُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : » زُورُوا الْقُبُورَ فَإِنَّهَا تُذَكِّرُكُمُ الْآخِرَةَ» (رواه الامام ابن ماجة)

ya’ni: “Qabrlarni  ziyorat qilinglar, chunki u oxiratni eslatadi” (Imom Ibn Moja rivoyati).

Demak, dinimizda qabrlarni ziyorat qilishga targ‘ib etilishidan ko‘zlangan maqsad, dunyoning o‘tkinchiligi, o‘lim va oxiratning haq ekanligini eslatish, bir kun kelib ziyorat qilayotgan kishi ham shu manzilgohdan o‘z joyini olishi va qilmishlariga yarasha munosabat ko‘rishini eslatishdir.

Shuningdek, ota-onasi yoki ulardan biri vafot etgan kishi juma kuni qabrlarini ziyorat qilishi ham mustahab amalligi ta’kidlangan. Bunga quyidagi hadis ham dalolat qiladi: Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kimki har juma kunlari ota-onasining yoki ulardan birining qabrini ziyorat qilsa, gunohlari kechiriladi hamda “Ota-onasining roziligini topgan”, deb yozib qo‘yiladi”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.