Jahon
BMT bosh kotibi: tashkilotimiz moliyaviy inqiroz yoqasida
Antoniu Guterresh BMTga a’zo davlatlarni zudlik bilan badallar bo‘yicha qarzdorlikni yopishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, agar majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilmasa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti allaqachon moliyaviy qulash xavfi ostida turibdi va mablag‘lar 2026-yil iyul oyidayoq tugab qolishi mumkin.
Bosh kotibning aytishicha, BMT uzoq yillardan beri budjet tanqisligi muammosiga duch kelmoqda. Ayrim davlatlar badallarni umuman to‘lamayapti, boshqalari esa kechiktirmoqda. Natijada tashkilot xodimlarni ishga olishni muzlatishga, shtatlarni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda.
Guterresh ogohlantirishicha, agar a’zo davlatlar moliyaviy majburiyatlariga jiddiy yondashmasa, BMTning hozirgi moliyaviy qoidalarini tubdan qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Aks holda, “muqarrar moliyaviy inqiroz” yuz berishi mumkin.
So‘nggi oylarda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati BMTning ayrim agentliklarini moliyalashtirishni qisqartirgani va majburiy badallarning bir qismini kechiktirgani vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Tramp avval ham BMT faoliyati va ustuvor yo‘nalishlarini bir necha bor tanqid qilgan.
Ma’lum qilinishicha, 150 dan ortiq davlat o‘z badallarini to‘lagan bo‘lsa-da, 2025-yil yakuniga kelib BMTning umumiy qarzdorligi 1,6 milliard dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan deyarli 2 barobar ko‘p.
BMT rahbariyati, shuningdek, yana bir muammoga e’tibor qaratmoqda: tashkilot ba’zi davlatlarga ishlatilmay qolgan mablag‘larni qaytarishi kerak, biroq buning uchun yetarli likvid resurslar mavjud emas. Guterresh bu holatni “chiqib bo‘lmas moliyaviy tuzoq” deya baholadi.
Agar mablag‘ yig‘ish holati yaxshilanmasa, 2026-yil uchun tasdiqlangan dasturiy budjetni to‘liq bajarish imkonsiz bo‘lishi mumkin. Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, bu safar vaziyat o‘ta jiddiy: avvalgi yillardagi kabi zahira pullar deyarli qolmagan.
Eslatib o‘tamiz, Antoniu Guterresh 2026-yil oxirida BMT bosh kotibi lavozimini tark etadi. So‘nggi chiqishlarida u dunyoda geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotganini, xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilayotgani va gumanitar hamda rivojlanish dasturlariga ajratilayotgan mablag‘lar qisqarayotganini ham keskin tanqid qilgan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


