Islom
Sudxo‘rlik (yoki katta foizga qarz berish) – ulkan gunoh
Alloh Taolo o‘z kitobida sudxo‘rlar haqida: “Ey moʻminlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan moʻmin bo‘lsangiz sudxo‘rlik sarqitlarini tark qilingiz!” (Baqara surasi, 278-279-oyatlar).
Bu jinoyat Alloh azza va jallaning huzurida naqadar og‘ir ekanligiga mazkur oyat kifoyadir.
Abdulloh ibn Hanzala rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kishining sudxo‘rlikdan bilib turib 1 dirham yemog‘i, 36 zinodan (gunohdan) og‘irroqdir”, – deganlar. (Imom Ahmad rivoyati).
Sudxo‘rlik hammaga barobar harom qilingan. Bunda boy bilan kambag‘al o‘rtasi ajratilmagan, balki uning hukmi barcha holat va barcha shaxslarga tengdir.
Qancha-qancha boy-badavlat kishilar, katta savdogarlar, sudxo‘rlik sababidan kasodga uchraganlariga voqe’lik guvohdir. Kasodga uchramagan taqdirda, mol-dunyo behisob bo‘lsada, barakasi bo‘lmaydi.
Shuningdek ribo foizning ko‘p yoki oz bo‘lishi bilan belgilanmaydi. Uning ozi ham ko‘pi ham haromdir. Sudxo‘r qiyomat kuni jin urgan kishidek qabridan shaytonlab turadi.
Sudxo‘rlik og‘ir jinoyat bo‘lsada, lekin undan tavba qilish mumkinligini va buning qanday bo‘lishini Alloh Taolo ko‘rsatib qo‘ygan: “Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz o‘zingizga zulm ham qilmassiz, zulm ham ko‘rmaysiz”. (Baqara surasi, 279-oyat).
Alloh barchamizga halol mehnat bilan umrguzaronlik qilishimizni nasib etsin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


