Buxoro yangiliklari

Buxoroda keskin signal: ochilmagan jinoyatlar sabab IIO rahbarlariga so‘nggi ogohlantirish berildi

photo
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Buxoro shahrida jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligi jiddiy tanqid ostiga olindi.

Kuni kecha kriminogen vaziyatni jilovlashga bag‘ishlangan navbatdagi dolzarb yig‘ilishda Buxoro shahar IIO FMB faoliyati chuqur va tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining mas’ul vakili ishtirok etib, shahar ichki ishlar organlari xodimlarining kundalik amaliyoti, tezkorlik darajasi va natijadorligi ochiq muhokama qilindi. Asosiy e’tibor hanuzgacha fosh etilmagan, jamiyatda xavotir uyg‘otayotgan “qorong‘u” jinoyatlarga qaratildi.

Rahbarlar tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlarida tashabbus va professionallik yetishmayotgani, xususan, jinoyatlarni “issiq izi”da ochish borasidagi sustkashliklar keskin tanqid qilindi. Ayrim holatlarda mas’ul xodimlarning befarqligi va nazoratning yetarli emasligi qayd etildi.

Shuningdek, mahallalar kesimida jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlarda olib borilayotgan profilaktik ishlar qoniqarsiz deb topildi. Bu borada tizimli tahlil, manzilli choralar va real natija talab etildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga Davlat rahbarining joriy yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2 qarorlari, shuningdek 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan “yangicha ishlash tizimi”ga to‘liq o‘tish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Tezkor xizmatlar sifatini tubdan oshirish, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish hamda shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan so‘nggi ogohlantirishlar e’lon qilindi.

Xulosa qilib yatish mumkin-ki, Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashda “eski uslub” bilan ishlashga endi o‘rin yo‘q — natija talab qilinmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.