Munajjimlar başorati

Munajjimlar bashorati (05.02.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 5-fevral, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Tashqarida tez-tez chiqib toza havodan nafas olishingiz tavsiya qilinadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Kun davomida juda qiziqarli bir mashg‘ulot topib olishingiz kutiladi. Bu mashg‘ulot charchagan lahzalaringizda ko‘mak berishi mumkin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Yolg‘onlarga chuv tushib qolishdan saqlaning. Odam ko‘p to‘planadigan joylardan o‘zingizni olib qoching.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Shaxsiy hayotingizda tub burilish yuzaga kelish ehtimoli bor. Bu juftingiz bilan o‘zaro munosabatlaringizga qaysidir jihatdan ta’sir ko‘rsatishi turgan gap.

Arslon (24.07 — 23.08)

Do‘stlaringiz, qarindoshlaringiz bugun sizni nima bilandir xursand qilishlari kutilmoqda.

Parizod (24.08 — 23.09)

Qarindoshlar bilan munosabatlarda kutilmagan drama yuzaga kelishi mumkin. Yon bering.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Kuningiz soxta xushomad va yolg‘onlarga qorishiq kechishi kutilmoqda. Ular hayotning turli jabhalarida yuz ko‘rsatadi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Internetdagi ko‘p maosh taklif qilinadigan ishlarga qarab ham qo‘ymang. Hammasi yolg‘onga qorishiq.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Rejalaringiz, ichki sirlaringizni boshqalarga gullab qo‘ymang, ko‘z tegadi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda deyarli to‘siqlarga uchramaysiz. Lekin sal bo‘shashsangiz, vaziyat butkul boshqa tarafga o‘zgarib ketishi hech gap emas.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bo‘lg‘usi juftingizni yanada chuqurroq o‘rganing. Bu kelajakdagi hayotingizda asqotadi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Ishda, muhabbatda va shaxsiy hayotda boy tajribangizni ishga soling. Bu moliyada ham kerak bo‘ladi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.