Jahon
Niderlandiya poytaxtida go‘sht mahsulotlatining har qanday reklamasi taqiqlanmoqda
Amsterdam shahri iqlimga zarar yetkazuvchi reklamalarga qarshi misli ko‘rilmagan taqiq joriy etmoqda. Niderlandiya poytaxti jamoat joylari va shahar transportida qazilma yoqilg‘i hamda go‘sht mahsulotlari reklamasini to‘liq cheklashga qaror qildi.
Aslida, bu tashabbus yangilik emas. Amsterdam bunday g‘oyani ilk bor 2020-yilda ilgari surib, dunyoda birinchi bo‘lib shunday qat’iy choraga qo‘l urgan shahar sifatida e’tirof etilgan edi. Endi esa bu rejalar real qarorga aylandi.
Nimalar taqiqlanadi?
Shahar kengashi 22-yanvar kuni GroenLinks va Partij voor de Dieren tashabbusini ma’qulladi. Qarorga ko‘ra:
- aviatsiya parvozlari reklamasi,
- kruiz sayohatlari e’lonlari,
- benzin dvigatelli avtomobillar,
- qazilma yoqilg‘iga asoslangan energiya va go‘sht mahsulotlari reklamalari
jamoat joylari hamda shahar transportida yo‘qoladi.
Mazkur cheklovlar 1-maydan rasman kuchga kirishi belgilangan. Biroq barcha mansabdorlar bunga birday rozi emas.
Bahslar ham bor
Amsterdam vitse-meri Melanie van der Horst taqiqni shu qadar tez joriy etishga qarshi chiqib, “moslashuv uchun oqilona o‘tish davri kerak”, deya ogohlantirdi. Shunga qaramay, shahar kengashi qarorni ortga surmadi.
Iqlim faollari esa buni juda muhim va o‘z vaqtida qabul qilingan qaror, deya baholamoqda. Reclame Fossielvrij tashabbusi koordinatori Femke Sleegers shunday deydi:
“Qazilma yoqilg‘ini odatiy hol sifatida ko‘rsatadigan reklama iqlim inqirozini yanada chuqurlashtiradi. Parij kelishuvi majburiyatlarini olgan shahar va mamlakatlarda bunday reklamalarga o‘rin bo‘lmasligi kerak”.
Amsterdam yolg‘iz emas
Amsterdam bu yo‘lda yolg‘iz emas. Avvalroq Utrext, Gaaga, Zvolle, Delft va Neymegen kabi Niderlandiya shaharlari ham shunga o‘xshash cheklovlarni joriy qilgan. Faollar qazilma yoqilg‘i reklamasini tamaki va alkogol reklamalari kabi qat’iy tartibga solish kerakligini aytmoqda.
Yevropadagi manzara qanday?
Niderlandiyada hukumat hozircha umumiy milliy taqiqdan tiyilib, masalani mahalliy hokimiyatlarga topshirishni ma’qul ko‘rmoqda. Iqlim vaziri Sophie Hermans ham aynan shu pozitsiyani yoqlagan.
Ammo Fransiya boshqacha yo‘l tutdi. U 2022 yilda Yevropada birinchi bo‘lib qazilma yoqilg‘i reklamalarini milliy darajada taqiqlagan davlatga aylandi. Qoidabuzarlarga 20 mingdan 100 ming yevrogacha jarima, takrorlansa — ikki barobar jazo qo‘llanadi.
So‘nggi tashabbus esa Florensiyadan chiqdi: u fevral boshida qabul qilingan qaror bilan Italiyada qazilma yoqilg‘i reklamasini taqiqlagan birinchi shahar bo‘lish arafasida.
Amsterdamning bu qarori Yevropada iqlim siyosati endi shiorlar bilan emas, balki kundalik hayotga bevosita ta’sir qiladigan qat’iy choralar bilan yuritilayotganini ko‘rsatmoqda. Bu tajriba boshqa shaharlarga ham kuchli signal bo‘lishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


