Salomatlik
Nima uchun olimlar idish-tovoqni “gubka” bilan yuvishni tavsiya qilmaydi?
Har bir uy bekasi uchun oshxonadagi tozalik va gigiyena juda muhim. Idish-tovoq yuvishda tozalash vositalari qatorida eng ko‘p ishlatiladigan buyumlardan biri “gubka”lardir. Ammo so‘nggi paytlarda mutaxassislar gubkalardan foydalanishning zararli jihatlariga e’tibor qaratib, ularning salomatligimizga ta’siri haqida ogohlantirmoqda. Haqiqatan ham idish-tovoq yuvish gubkasi biz o‘ylagandek xavfsizmi? Oshxonadagi gigiyenani ta’minlashda bu vositadan qanday foydalanish kerak? Daryo shu kabi savollarga javob izlab, mavzuga chuqurroq nazar tashladi.
Idishlarni yuvish uchun gubkadan foydalanish sog‘liq uchun xavflidir, deydi Norvegiya oziq-ovqat tadqiqotlari instituti tadqiqotchisi Trond Myoretro. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuvish paytida gubka ichidagi zararli bakteriyalar idishlarning yuzasiga tarqaladi. Piyolangiz toza ko‘rinsa ham, ko‘plab bakteriyalarni o‘zida saqlashi mumkin. Chunki gubkalar kamdan-kam hollarda quruq saqlanadi, har kuni ishlatiladi va nam muhitda turli zamburug‘ va bakteriyalar rivojlanadi. Shuning uchun hatto salmonellyozga olib keladigan xavfli birikmalar ko‘payishi uchun qulay maskaniga aylanadi, deb yozadi Mirror.
“Bir dona gubka butun yer yuzidagi insoniyat sonidan ham ko‘proq bakteriyalarni o‘zida saqlashi mumkin, chunki unda qolib ketgan oziq-ovqat zarralari bakteriyalar uchun ozuqa manbai hisoblanadi”, deydi Trond.
Gubkani doimiy tozalab yurish ham xavfni sezilarli kamaytirmaydi, to‘liq gigiyenani saqlab qolishning yagona yo‘li gubkani har kuni almashtirishdir. Ammo bu usul tejamkor emas va ekologik jihatdan qulay ham emas.
Undan bo‘lsa, idishlarni nima bilan tozalash lozim?
Olim idishlarni yuvish uchun maxsus cho‘tkadan foydalanishni tavsiya qiladi. Chunki u oziq-ovqat qoldiqlarini yaxshi tozalaydi, cho‘tkaning tolalari juda tez quriydi, zararli bakteriyalar ham nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, aksariyat cho‘tkalarda tutqich bo‘ladi, ular qo‘ldagi zararli bakteriyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shuningdek, cho‘tka gigiyenik nuqtai nazardan idishlarni yuvish uchun eng yaxshi tanlovdir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


