Jahon

Yaponiyada Pokemon mavzusiga bag‘ishlangan bog‘ ochildi

photo
Foto: Ign.com

Loading

Yaponiyada Pokemon olamiga bag‘ishlangan yangi bog‘ ochildi: turistik oqim fonida PokePark Kanto ish boshladi

Yaponiyada turizm jadal o‘sib borayotgan bir paytda mamlakat yana bir yirik diqqatga sazovor maskan bilan boyidi. Payshanba kuni Tokioda PokePark Kanto — Pokemon olamiga bag‘ishlangan birinchi doimiy tematik park rasman ochildi.

Yangi bog‘ Yomiuriland attraksionlar majmuasi hududida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 26 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Park ikki asosiy zonaga bo‘lingan.

Birinchi hudud — tabiat bag‘rida tashkil etilgan o‘rmon yo‘lagi. Bu yerda tashrif buyuruvchilar tepaliklar, maysazorlar va qoyalar orasida joylashtirilgan 600 dan ortiq pokemonning haqiqiy o‘lchamdagi haykallari orasidan sayr qiladi. Ikkinchi zona esa ko‘ngilochar yo‘nalishga qaratilgan bo‘lib, unda turli attraksionlar, sahna tomoshalari, do‘konlar va maxsus Pokemon uslubidagi taomlar taklif etiladi. Mehmonlar uchun eksklyuziv suvenirlar va kolleksiya buyumlari ham mavjud.

Avval ham Pokémon mavzusidagi bog‘ va attraksionlar tashkil etilgan, biroq ularning barchasi vaqtinchalik loyihalar bo‘lgan. Masalan, Pokemon The Park 2005 yilda Nagoyada bir necha oy ishlagan, keyinchalik Tayvanda qayta ochilgan. 1999-yilda esa Avstraliyadagi Warner Bros. Movie World parkida Pokemon Island Adventure faoliyat yuritgan edi.

PokePark Kanto’ga dastlabki chiptalar lotereya orqali bir zumda tarqab ketdi, bu esa loyihaga qiziqish nihoyatda yuqori ekanini ko‘rsatdi. Tashrif buyuruvchilar o‘z taassurotlarida parkdagi iliq va sehrli muhitni alohida ta’kidlashmoqda. Shu bilan birga, ayrimlar qayta-qayta kelish uchun sabablar uncha ko‘p emasligini ham qayd etgan.

Image

Yangi tematik park asosan Pokemon muxlislariga mo‘ljallangan bo‘lib, u 5 yoshdan boshlab barcha yosh toifalarini qamrab oladi. Oilalar, Z avlodi o‘yinchilari, bolaligini Pokemon bilan bog‘lagan millenniallar va Kanto mintaqasining sodiq muxlislari uchun bu maskan haqiqiy nostalgiya va sarguzasht manziliga aylanishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.