Islom
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: Kim va’dasiga vafo qilmasa, uning dini yo‘qdir…
Musulmon odamning eng yaxshi fazilati bergan va’dasining ustidan chiqishidir. Chunki lafzida turish moʻminning ziynatidir, shu bilan inson xalq orasida ishonchli, so‘zida turuvchi, lafzini buzmaydigan, aldovga uchmaydigan odam, degan maqtovga sazovor bo‘ladi.
Muqaddas kitobimiz Qur’oni karimda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Mo‘minlardan Allohga bergan va’dalariga sodiq qolgan kishilar bordir (Azhob surasi, 23-oyat).
Va’daga vafo qilishga har kim ham qudrat topa olmaslik ehtimoli bor. Chunki va’daga vafo qilish ba’zida mol sovirish, ba’zida hayotni tikish va ba’zida yaxshi ko‘rgan narsasidan ayrilishiga olib kelishi mumkin. Musulmon kishi maqtovli va’da sohibi bo‘lish o‘tmishiga nazar solishi, avvalda muhtoj bo‘lgan, endi esa mol mulk egasi, avvalda bemor bo‘lgan, endi tanu joni sog‘ salomat ekanini to‘liq va to‘g‘ri anglashi, shukrona qilishi lozim. O‘zining o‘tmishini unitishi, avvaldan shunday holatda edim, deb shukrdan yuz o‘girishi ne’matga xiyonat hisoblanadi. Shifo bersang, boy bo‘lsam namozni kanda qilmayman, yoki molimdan ehson qilib beraman xalqqa deb keyin unitib yuborishi Allohga bergan va’dasiga xilofdir.
Madina ahllaridan biri Sa’laba ansoriylar bilan suhbatlashib o‘tirganida: “Agar Alloh taolo menga o‘z fazlidan mol dunyo ato etsa edi, har bir haqdorning nasibasini o‘rniga qo‘yardim, muxtojlarga sadaqa berardim, qarindoshlarimni holidan xabar olardim” deb va’da berdi. Oz fursat o‘tib amakivachchasi olamdan o‘tib, katta merosga ega bo‘ldi. Ammo katta majlislarda bergan va’dasini birortasini bajarmadi. Unga tanbeh uchun Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qildi: “Ular orasida Agarda bizga (Alloh) fazlu (boyligi)dan bersa, albatta, sadaqa qilurmiz va solih kishilardan bo‘lurmiz”, deb Alloh bilan ahdlashadiganlar ham bor. Alloh ularga fazlidan berganda esa, (ular) unga baxillik qildilar va yuz o‘girib ketdilar (Tavba surasi, 75-76-oyatlar).
Shunday ekan har bir musulmon kishining qalbi uyg‘oq bo‘lishi, u inson sifatida Allohga bergan ahdiga turishi, balki insonlarga bergan va’dasiga vafo qilishi lozimdur. Anas ibn Molikdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda bunday kelgan: Rasululloh (sallollohu alayhi vasallam) bizga qachon xutba o‘qisalar: “Kimning omonatdorligi bo‘lmasa, uning iymoni yo‘qdir. Kim va’dasiga vafo qilmasa, uning dini yo‘qdir”, degan so‘zni takrorlardilar (Imom Ahmad rivoyati).
Shu o‘rinda bir narsani esga olsak Rasululloh (sallollohu alayhi vasallam) hali payg‘ambarlik maqomiga erishmaslaridan turib, yoshlik paytlaridayoq Quraysh qabilasi orasida “Amin” (omonatdor, ishonchli) sifatiga ega bo‘lganlar.
U kishining rostgo‘yliklari, va’daga vafo qilishlari, omonatdorliklari barcha arablarga ma’lum va mashhur edi, shuning uchun ham Muhammad nomlari yoniga «amin» so‘zini qo‘shib aytishardi.
Xulosa qilib aytganda har bir inson bergan va’dasida turib berishi, insonlarni unga bo‘lgan ishonchini poymol qilmasligi kerak. Alloh taolo barchalarimizni O‘zidan qo‘rqadigan, taqvodor solih bandalaridan aylab, dunyo va oxiratimizni obod qiladigan solih amallarga muvaffaq aylasin! Amin!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


