Buxoro yangiliklari
Buxoro neft bazasi, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” va Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi ishchi xodimlarini qanday muammolar qiynamoqda?
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi maslahatchilari tizim korxonalariga chiqib, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish hamda kasaba uyushmalari faoliyati qog‘ozda emas, amalda qanday ketayotganini joyida ko‘rish uchun ishchi-xodimlar bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar o‘tkazmoqda. Bu uchrashuvlarda muammolar chetlab o‘tilmayapti, savollar ochiq qo‘yilmoqda, takliflar esa bevosita manbadan eshitilmoqda.

Navbatdagi uchrashuvlar Buxoro neft bazasi, Navoiy neft bazasi, “Oʻzneftgaz quduq ta’mirlash”, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi”, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotlar davomida rahbariyat tomonidan sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy loyihalar va real o‘zgarishlar haqida ochiq-oydin va batafsil ma’lumot berildi. Gap faqat reja va hisobotlar haqida emas, balki bugun tizimda nimalar o‘zgarayotgani va bu o‘zgarishlar ishchi-xodimlar hayotiga qanday ta’sir qilayotgani haqida bordi.

Ishchi-xodimlar Boshqaruv raisi maslahatchilariga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

Muloqotlarda ishchi-xodimlarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, sog‘liq bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha mavjud mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish va yanada samarali qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlar uchun imtiyoz va rag‘batlantirish tizimlarini joriy etish, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning sifati va qamrovini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar o‘rtaga tashlandi.

Shu bilan birga, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida ularni xorijiy hamkor tashkilotlarda malaka oshirishga yuborish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bildirilgan barcha taklif va murojaatlar umumlashtirilib, belgilangan tartibda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisiga taqdim etilishi ma’lum qilindi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


