Salomatlik
Tushib ketgan immunitetning 7 belgisi va uni ko‘tarish choralari
Immun tizimi tanamizning infeksiyalar va kasalliklar bilan kurashishga yordam beruvchi himoya mexanizmidir. Ammo baʼzida u zaiflashib, bizni turli kasalliklarga ko‘proq moyil qilishi mumkin. Daryo mutaxassis bilan birgalikda immunitetning zaiflashishiga ishora qiluvchi 7 belgini va uni mustahkamlash usullarini ko‘rib chiqdi.
1. Tez-tez shamollash va infeksiyalar:
So‘nggi paytlarda ko‘p shamollayotgan hamda gripp yoki boshqa infeksiyalar bilan kasallanishni boshlagan bo‘lsangiz, bu immunitet zaiflashganining birinchi belgisi bo‘lishi mumkin. Odatda, sog‘lom immun tizimi virus va bakteriyalar bilan samarali kurasha oladi, shuning uchun tez-tez kasallanish sog‘lig‘ingizga eʼtibor berish payti kelganidan darak.
2. Charchoq va holsizlik(zaiflik):
Agar siz yetarli darajada uhlasangiz ham doimiy charchoq va holsizlikni his qilayotgan bo‘lsangiz bu immunitetingiz zaiflashgani va tana hattoki kundalik yumushlarga ham dosh bera olmayotganining belgisidir. Chunki immun tizimi infeksiyalar bilan kurashish uchun energiya talab qiladi va uning yetishmasligi umumiy zaiflikka olib kelishi mumkin.
3. Jarohatlaring uzoq bitishi:
Biror tana aʼzoyingiz tig‘ tegib kesilib yoki shilinib ketgan va odatdagidan uzoqroq vaqt bitayotganini sezgan bo‘lsangiz, bu immun tizimidagi muammolarning belgisi bo‘lishi mumkin. Sog‘lom immunitet teri to‘qimalarining tez tiklanishiga yordam beradi, sekin tuzalishi esa uning zaiflashganini ko‘rsatadi.
4. Allergik reaksiyalarning kuchayishi:
Burun oqishi, qichishish yoki toshmalar kabi allergik reaksiyalar sizni ko‘p bezovta qilayotgan bo‘lsa, immunitet tizimingiz allergenlarga dosh bera olmayotganidan darakdir. Zaif immunitet tizimi oddiy moddalarni ham tahdid sifatida qabul qiladi va natijada allergik reaksiyalarga olib keladi.
5. Ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolar:
Immun tizimi ovqat hazm qilish tizimining sog‘lig‘ida ham muhim rol o‘ynaydi. Agar sizda qorin dam bo‘lishi va hazm qilish bilan bog‘liq boshqa muammolar kuzatilsa, demak immun tizimingiz yordamga muhtoj. Sog‘lom ichak mikroflorasi immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun ovqat hazm qilish tizimiga eʼtiborli bo‘ling.
6. Boshingiz og‘riyversa…
So‘nggi paytlarda tez-tez bosh og‘riqlaridan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, immun tizimingiz organizmdagi yallig‘lanish jarayonlariga reaksiya qilayotgani va bu bosh og‘riqlariga olib kelayotgan bo‘lishi mumkin. Muntazam bosh og‘rig‘i sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qilish payti kelganligiga ishoradir.
7. Kayfiyat va ruhiy salomatlik:
Agar siz o‘zingizni tushkun, xavotirli his qilsangiz yoki doimiy stressni boshdan kechirsangiz, bu immunitetingizga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Psixo-emotsional holat umumiy sog‘liqda muhim rol o‘ynaydi va uning yomonlashuvi immun tizimining zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Immuntetni ko‘taramiz
Agar yuqoridagi belgilarda o‘zingizni ko‘rgan bo‘lsangiz havotirga o‘rin yo‘q, immun tizimini mustahkamlash uchun ko‘plab usullar mavjud:
* To‘g‘ri taomlaning: Ovqatlanish ratsioningiz vitamin va minerallarga boyligiga ishonch hosil qiling. Sabzavotlar, mevalar, yong‘oqlar va donli mahsulotlar immunitetni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
* Muntazam jismoniy mashqlar: Doimiy jismoniy mashqlar qon aylanishini yaxshilashga va immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi.
* Uxlash: Yetarli darajada uxlang. Uxlash vaqtida organizm tiklanadi va immun funksiyalarini mustahkamlaydi.
* Stressni boshqarish: Meditatsiya, yoga yoki chuqur nafas olish kabi relaksatsiya usullarini qo‘llab, stress darajasini pasaytiring.
* Suv isteʼmol qilish: Organizmni toksinlardan tozalash va optimal gidratlanish darajasini saqlash uchun yetarli miqdorda suv iching.
* Yomon odatlardan voz kechish: Chekish va spirtli ichimliklarni ortiqcha isteʼmol qilish immun tizimini zaiflashtiradi, shuning uchun ularni cheklash kerak.
* Muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish: Muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tib, sog‘lig‘ingizni nazorat qiling.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


