Jahon

Fransiyada 15 yoshli o‘smir qotillikda ayblanmoqda

photo
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Fransiyada 15 yoshli o‘smir ustidan sud jarayoni boshlandi. U 2024-yil oktyabr oyida Marselda taksi haydovchisini otib o‘ldirishda ayblanmoqda. Ish Parijdagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Bu safar ayblov tomonini yangi tashkil etilgan Parquet national anti-criminalité organisée (Pnaco) taqdim etmoqda. Mazkur tuzilma Fransiyada joriy yil yanvar oyidan faoliyat boshlagan bo‘lib, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan shug‘ullanadi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smir jinoyat sodir etilgan vaqtda 14 yoshda bo‘lgan. Uni Marseldagi narkoguruh vakillari internet orqali yollagan. U shaharga olib kelingan, qo‘liga qurol berilgan va raqib jinoiy to‘da a’zosini yo‘q qilish topshirig‘i yuklatilgan.

Biroq voqealar kutilmagan tus olgan. O‘smir buyurtmani bajarish uchun taksi chaqirgan, ammo noma’lum sababga ko‘ra haydovchi bilan tortishib qolgan va uni otib qo‘ygan.

Hodisa haqida xabar topgan buyurtmachilar esa jinoyat topshirig‘i bajarilmagani sababli o‘zlari politsiyaga murojaat qilib, o‘smirni fosh etgan.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, ayblanuvchiga nisbatan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin. Agar u voyaga yetgan bo‘lganida, umrbod qamoq jazosi bilan yuzlashishi ehtimoli bor edi.

Marhum haydovchining bevasi vakili suddan qat’iy hukm chiqarishni so‘ramoqda. Uning ta’kidlashicha, bu qaror boshqa voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun ogohlantiruvchi saboq bo‘lishi kerak.

Biroq himoya tomoni bu voqeani faqat o‘smirning shaxsiy aybi sifatida ko‘rmayapti. Advokatlar ijtimoiy xizmatlar va ta’lim tizimidagi kamchiliklar ham bu fojiaga sabab bo‘lganini ta’kidlashmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir 9 yoshidan beri boshpana va homiy oilada yashab kelgan. Uning biologik ota-onasi qamoqda. Qotillikdan avval ham u beshta jinoyat ishi bo‘yicha tergov ostida bo‘lgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.