Buxoro yangiliklari

Buxoroda iste’molchi g‘alabasi: “Tracker-2” dvigateli yangisiga almashtirildi

photo
Foto: “Buxoroavtotexxizmat” MChJ

Loading

Buxorolik fuqaro xarid qilgan yangi avtomobilidan ko‘ngli to‘lmay, oxir-oqibat haqini talab qilib chiqdi — va yutdi.

Gap shundaki, fuqaro F.G‘ “Buxoroavtotexxizmat” MChJdan shartnoma asosida “Tracker-2” rusumli avtomobil sotib olgan. Mashina hali kafolat muddati ichida bo‘lishiga qaramay, dvigatelida nosozliklar paydo bo‘ladi. Eng achinarlisi — muammo vaqtida va sifatli bartaraf etilmaydi.

Shundan so‘ng fuqaro Prezidentning “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiladi. Masala Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Tekshiruv davomida dvigateldagi nosozliklar haqiqatan ham mavjud ekani tasdiqlanadi. “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 8, 15 va 23-moddalariga tayanilgan holda fuqaroning talabi asosli deb topiladi.

Natijada hududiy boshqarma aralashuvi bilan “Buxoroavtotexxizmat” MChJ avtomobil dvigatelini to‘liq yangisiga almashtirib beradi.

Bu voqea yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, iste’molchi o‘z huquqini bilsa va talab qila olsa, natijaga erishish mumkin. Eng muhimi — muammo haqida jim o‘tirmaslik.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.